Mavzu: mehnat tarbiyasi


Download 114.03 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi114.03 Kb.
#1513843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. MEHNAT TARBIYASI

Kurs ishining maqsadi: Mehnat tarbiyasining vazifalari va mazmuni nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining vazifalari:

    • mavzuga oid pedagogik yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat tarbiyasining vazifalari va mazmuni nazariy jihatdan asoslash;

    • Maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish mazmunining ustuvor vazifalarini aniqlash;

Kurs ishining metodologik asosi. O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon, Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumatining maktabgacha ta'limga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari.
Ishining amaliy ahamiyati: kurs ishini tayyorlash jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabgacha pedagogika fani bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: ish kirish, 3 bo`lim, umumiy hulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.


1. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARINI MEHNAT ORQALI TARBIYALASH
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.
Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.
Bolalarga mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, aqliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bola uchun boshlang‘ich va asosiy tarbiya maskani hisoblanib, aynan tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi tarbiya tizimida katta o ‘rin tutadi. U tarbiyachidan ikkita asosiy yo‘nalishda faoliyatni amalga oshirishni talab etadi:
1) tarbiyalanuvchilani kishilarning mehnat faoliyati bilan keng tanishtirish;
2) tarbiyalanuvchilani real hayotiy munosabatlarga, ijtimoiy foydali faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.
Tarbiyaning mehnat bilan bog’liqligini oqilona amalga oshirish tarbiyachidan tarbiyalanuvchilarning quyidagi ko'nikm a va malakalarga ega bo’lishlariga erishishni talab etadi:
1) tarbiyalanuvchilarning mehnatning jam iyat va uning har bir a’zosi uchun ahamiyatini tushunib yetishlari;
2) moddiy va m a’naviy boyliklarni yaratuvchilar mehnatini hurmat qilish;
3) tarbiyalanuvchilarning o‘z ustida ishlashlari, muntazam ravishda mehnat qilishga odatlanish;
4) tarbiyalanuvchilarning kasb-hunarga oid tushunchalarni o ‘zlashtirib borishlari va ular haqida malumotga ega bo’lishlari;
5) moddiy va m a’naviy boyliklarga m as’uliyatli munosabatda bolish. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi tamoyili mazkur tamoyilning alohida tomonlarini ochib beruvchi quyidagi qoidalar asosida ish yuritishni talab etadi:
1. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy va mehnat tarbiyasida mavhumlik va yuzakilikdan voz kechib, ularni aniq va mahsuldor faoliyatga jalb etish. Mashg‘ulotlar jarayonida izchillik va ketma-ketlikka rioya etish zarur.
2. Tarbiyachi oila bilan o‘z faoliyatini muvofiqlashtirgan holda. har bir tarbiyalanuvchiga ularning jamiyatga qo'shadigan munosib hissasi uyda va maktabgacha ta’lim muassasasida kattalarga yordam berish ekanligini tushuntirish. 3. Bolalar odatda doimiy ravishda faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanishga intiladi, ularning tabiati uchun sustlik, bekor o'tirish kabilar xos emas. Agar tarbiyachi mazkur jihatni hisobga olmasa, bolalarning ijtimoiylashuviga o‘zining salbiy ta ’sirini ko‘rsatadi.
4. Mazkur tamoyilni amalga oshirish tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘lkashuposlik materiallaridan keng foydalanishni talab etadi.
5. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda hayotiy masalalarni muhokama qilish. ularni o'z xulosalarini aytishga o‘rgatish ularda insonparvarlik va fuqarolik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
6. Tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi tamoyilini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlari bilan bog‘liqlikda tarbiya mazmuni va uslubikasini qayta ko‘rib chiqish va yangilab borish lozim.
7. Tarbiyaviy jarayon shunday tashkil etilishi lozimki, tarbiyalanuvchilar to’la qoniqish hosil qilishlari uchun ularning mehnati kishilar va jamiyatga zarur ekanligini his eta olishlari zarur.
Tarbiya qadriyatlami o‘zlashtirish va interiorizatsiyalash jarayoni sifatida tashkil etiladi. Ijtimoiylashtirishga doir yondashuv: tarbiyaga “Hayot maktabi” sifatida qarash; ijtimoiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish; hayotiy tajribani sotsiumda egallash; sotsiumda ijodiy o'z-o'zini rivoojlantirishni qo’llab-quvvatlash. Germenevtik yondashuv: insonparvarlikka doir hodisalarni tushunish va talqin qilishning Germenevtik nazariyasi; subyektning psixologik tajribasiga, kechinmaga murojaat; tarbiyachi va bola dialogi sifatida tashkil qilinadigan pedagogik o'zaro hamkorlik vaziyatida kechinmalarni yuzaga keltirish; tarbiyalanuvchi hayot m azm uni va uning hayot qadriyatlariga nisbatan m unosabatini tushunish. Sinergetik yondashuv: shaxsni o ‘zgartirishyo'llarining variativligi; bifurkatsiya (tanlov) nuqtasidan foydalanish; shaxsning ichki im koniyatlari. Antropologik yondashuv: insonparvarlik pedagogikasi, refleksiv pedagogika; individual qobiliyatlarni rivojlantirish; o ‘z -o ‘ziga tarbiya ehtiyojini rivojlantirish; insonparvar m aqsadlarni axloqiy fazilatlar (insoniylik, ishonch, m innatdorlik, chidam lilik) sifatida qo‘yish; tashhislash; shaxsning o ‘z-o ‘zini belgilashini ta ’minlash.
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy konsepsiyalar bilan bog'liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi. Aqliy tarbiya ta ’lim oluvchining intellekti, bilish im koniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi-ta’lim oluvchilarni fan asoslari bo'yicha bilim lar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida tarbiyalanuvchda dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur. Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash; dunyoqarashni shakllantirish; aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish; bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish; shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish; bilish faoliyatini shakllantirish; doimiy ravishda o‘z bilimlarini to'ldirish. Umumiy ta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish; ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati uslublari bilan qurollantirish; fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Mehnat tarbiyasi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishining muhim tamoyili. Mehnat tarbiya jarayonida shaxs rivojining bosh omili, dunyoni ijodiy o'zlashtirish, turli sohalardagi mehnat tajribalarini egallash usuli umumiy ta’limning ajralmas qismi sifatida yuzaga chiqadi. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi-bolalarni mehnat jarayonlari, vositalari, predmetlari haqidagi bilimlar, ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan umum mehnat va maxsus ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish. Bundan tashqari mehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal qiladi: mehnatga samimiy munosabatni; mehnatga qiziqishni, chin dildan bajarilgan vazifadan zavqlanish hissini va mehnatga oid bilim larni amaliyotda qo‘llashni; mehnatdagi intizomlilikni tarbiyalash.

Download 114.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling