Mavzu: mehnat tarbiyasi


Maktabga tayyorlov guruhida


Download 114.03 Kb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi114.03 Kb.
#1513843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. MEHNAT TARBIYASI

Maktabga tayyorlov guruhida:
. Bolalarni zargarlik, zardo'zlik, misgarlik, ganchkorlik kabi xalq hunarmandcbiligi bilan tanishtirish.
2. Bolalarni kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish, kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalashni davom ettirish.
3. Bolalarga dehqonchilik, chorvachilik haqida so‘zlab berish va ularni dehqon, chorvador va bog1 bon mehnatining mazmuni bilan tanishtirish.
4. Bozor haqida tushuncha berish.
5. Pochta aloqasi xizmati bilan tanishtirish.
6. Pochtaning vazifasi va ahamiyati haqida m a’lumot berish.
7. Telefon aloqasi va telegrafchilar, ularning mehnati, telefon xizmatining hayotimizdagi ahamiyati haqida m a’lumot berish.
8. Buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish haqida tushuncha berish.
9. Matodan qilingan buyumlar, ularning turlari va foydalanish usullari haqida tushuncha berish.
10. Temir va yog‘ochdan ishlangan buyumlar va ulardan to’g'ri foydalanish haqida tushunchalar hosil qilish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatini tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalaniladi: o'z-o ’ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabiat quchog‘idagi mehnat va qoll mehnati. Bolalar mehnatining asosiy turlari o'z-o‘ziga xizmat qilish - bu bolalar mehnatining bir turi bo'lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va echinishga, o ‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishga o‘rgatiladi. 0‘z-o'ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, m a’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar mustaqil ravishda o'zlarining qo‘llaridan kelgan ishni bajarishga o ‘rganadilar. O 'z-o’ziga xizmat qilish bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg' otadi, batartiblikka, intizomli bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi. Bolalar xojalik-maishiy mehnatga. maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada jalb etiladi. Xo'jalik-maishiy mehnatga xona va maydonchani yig'ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, choy idishlarini, qo‘g‘irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, m ashg‘ulotga kerakli materialni tayyorlab qo'yish, m ashg'ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig"ishtirib olish kabilami kiritish mumkin. Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat burchagidagi bilimlar manbayi, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish vositasidir. Shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o'g'itlash. ko'chat o‘tqazish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat ko'nikm a va malakalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlaydi. Tabiatdagi mehnat bolada bilishga qiziqishni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bolalar jonli obyektning o'sishi va rivojlanishini kuzatadilar, ayrim o‘simlik va hayvonlarning o‘ziga xosliklarini bilib oladilar, tajribalarni o‘tkazishda ishtirok etadilar. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, tabiatdagi mehnat nafaqat bolaning Qo'l mehnati - mashg'ulot, o‘vinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan o ‘yinchoq va qurilmalar (qog‘oz qiyqimlarini tashlash uchun. o'sim liklar urug‘i uchun qutichalar, qo'g'irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o‘xshash narsalar)ni tayyorlash bo'yicha bolalar mehnatidir. Qo'l mehnatini bajarish orqali bola aniq natijaga erishadi, ya’ni narsa-buyumlar vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo‘yash, qirqish, arralash, mix qoqish, tikish va shunga o'xshash oddiy mehnat ko'nikm a va malakalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topqirlik, zehnlilik xislatlari rivojlanadi.



Download 114.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling