Mavzu. Mehnat unumdorligi


Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning


Download 62.71 Kb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi62.71 Kb.
#1048911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 мавзу КИ

4.4. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning
rivojlanishi


O‘zbekistonda ham ko‘plab taniqli iqtisodchilar u yoki bu darajada
mehnat unumdorligi masalalari bilan shug‘ullanganlar. Har bir ilmiy
nazariyaning o‘z tarixi va qiziqarli jihati ko‘p bo‘lib, bunday o‘rganish
turli nuqtai nazarlarni hisobga olish va taqqoslash, muammoni hal
qilishga oqilona yondashishni topishga yordamlashadi. Iqtisodiy
adabiyotlarda, asosan, mehnat unumdorligi, uning ko‘rsatkichlari, o‘lchash
usullari xususida bahslar davom etmoqda. SHunga bog‘liq holda masalaga
bo‘lgan asosiy yondashuvlar va konsepsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Mehnat unumdorligi bilan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining
nisbati to‘g‘risidagi masala yuzasidan munozara XXasrning 20-yillarida
boshlanib, keyingi davrlarda u yoki bu darajada keskinlik bilan davom
etdi. Ushbu munozaraning zamirida ikki tushuncha – «ishlab chiqaruvchi
mehnat kuchi» (Produktiv-kraft) va «mehnat unumdorligi» tushunchalarining
talqini yotadi.
Mazkur masala yuzasidan barcha nuqtai nazarlarni ikkita konseptual
yondashuvga birlashtirsa bo‘ladi. Birinchi yondashuv «ishlab chiqaruvchi
mehnat kuchi» va «mehnat unumdorligi» tushunchalarini farqlash
zarurligini rad etishdan iborat. Uning tarafdorlari (A.M. Ginzburg,
A.B. Xalatov, A.V. Bazarov, L.E. Gorelik va boshqalar) ushbu
tushunchalarni qarama-qarshi qo‘yish behuda va sun’iy bo‘lib, jiddiy
xatolarga olib keladi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi yondashuv ushbu
tushunchalarni farqlash va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashni
nazarda tutadi. Mehnat unumdorligi muammolari bilan shug‘ullanadigan
ko‘pchilik mutaxassislar shunday nuqtai nazarning tarafdori bo‘lib
keldilar va hozir ham tarafdoridirlar.
Ikkinchi konseptual yondashuvning tarafdorlari orasida ikkita
yo‘nalishga mansublarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yo‘nalish
nuqtai nazarida turganlarning fikricha, «mehnat unumdorligi»
tushunchasi «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» tushunchasiga nisbatan
kengroqdir. Masalan, A. Katin mehnat unumdorligi o‘zida mehnat
unumdorligi va mehnat intensivligini birlashtirgan yig‘ma
tushunchadir21, deb yozgan edi, buning ustiga, u mehnat unumdorligi va
mehnat intensivligini texnik va shaxsiy mehnat unumdorligi deb
hisoblar edi.
Bunday nuqtai nazarni 1925 yilda rossiyalik yirik iqtisodchi olim
akademik S.G. Strumilin kengroq asoslab chiqdi. Uning ta’kidlashicha,
mehnat unumdorligi shunday bir qator omillar bilan belgilanadiki,
ularning ayrimlari ishchining tomonida, ba’zilari esa ishlab chiqarish
texnikasi va mehnatning ijtimoiy tashkil etilishi tomonida turadi.
Ishchiga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv omillar yig‘indisi ishchining shaxsiy
unumini belgilaydi. Ayrim ishchining xohish-irodasi va sifatlaridan
tashqarida turgan unumdorlik ob’ektiv omillari yig‘indisi ishlab
chiqaruvchi mehnat kuchidir.
Xorij iqtisodiy adabiyotlarida mehnat unumdorligi muammosi
ayrim firma va korxonalarning omon qolishi uchun bozordagi raqobat
pozitsiyalarini belgilab olish, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirish
maqsadida, shuningdek, xalqaro qiyoslashlar o‘tkazish maqsadida, avvalo,
mahsulot birligi qiymatidagi ish haqi ulushi nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqiladi. D.S. Sink, Dj. Kendrik, A. Medisson, L. Rostos,
R.A. Sutermister, G. Reuss, Dj. V. Natter va boshqalarning qator asarlari
borligi ushbu muammoga bo‘lgan e’tibordan dalolat berib turibdi.
Mehnat unumdorligi muammosiga doir adabiyotlar, ayniqsa, AQSHda
ko‘proq nashr etilmoqda. Sotsiolog, biznesmen, iqtisodchilar ushbu
muammoni har tomonlama ko‘rib chiqmoqdalar: mehnat unumdorligiga
ta’sir etadigan omillar tahlil qilinmoqda (ishchi va xizmatchilarning
roli, texnika taraqqiyoti, malaka oshishi, mehnat sharoitining ta’siri
aniqlanadi), shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy
jihatlari (ishlab chiqarishda ish bilan band bo‘lgan kishilarning o‘zaro
munosabatlari, rahbarlarning bo‘ysunuvdagilar bilan o‘zaro
munosabatlari, kasaba uyushmalarining roli va ishchilarning ishlab
chiqarish faoliyatiga va mehnat unumdorligiga ta’siri) o‘rganiladi. Buyuk
Britaniyada farovonlik nazariyasi paydo bo‘lishi tufayli mehnat
unumdorligi masalalari bilan shug‘ullana boshlandi. 50-yillarning
boshida Buyuk Britaniya bilan Amerika o‘rtasida Mehnat unumdorligi
Kengashi tuzildi. Kengash sanoat ishini tashkil etish, ishlab chiqarish
usullari, texnika sohalarida bemalol axborot almashinish orqali
iqtisodiy yuksalishga ko‘maklashish va shu tariqa Buyuk Britaniya sanoati,
mehnat unumdorligi darajasini oshirish borasida qo‘llab-quvvatlash
vazifasini o‘z oldiga qo‘ydi.
AQSHda mehnat unumdorligi ishlab berilgan bir kishi-soat, bir
ishchi va bir ishlovchiga hisoblagan holda aniqlanadi. Bundan tashqari,
butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligining o‘zgarishini tavsiflash uchun
yalpi milliy mahsulot indeksini butun xo‘jalikdagi ish bilan bandlik
indeksiga bo‘lish yo‘li bilan mehnat unumdorligi indeksi hisoblab
chiqiladi.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiyada ham mehnat
unumdorligi umuman milliy iqtisodiyot bo‘yicha aniqlanadi. Biroq
mazkur ko‘rsatkichni hisoblab chiqish metodologiyasi ushbu mamlakatlarda
turlichadir. Masalan, bu mamlakatlarning ayrimlarida uydagi
xizmatkorlar, harbiy xizmatchilar ishlaydiganlarning umumiy soniga
kiritiladi, ba’zilarida esa kiritilmaydi. Ayrim mamlakatlarda mehnat
unumdorligini hisoblashda ishlab berilgan vaqt, ba’zi mamlakatlarda
esa faqat haq to‘lanadigan vaqt e’tiborga olinadi. Bu milliy mahsulot
qiymatini ham, mahsulot hajmini ham aniqlashga taalluqlidir. Masalan,
Buyuk Britaniyada bir ishlovchi hisobiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy
mahsulot ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Italiyada milliy daromadni
ishlab berilgan vaqtning umumiy miqdoriga bo‘lish asosida sof milliy
mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Fransiyada yalpi mehnat
unumdorligi indeksi sof mahsulot asosida hisoblab chiqiladi. Bundan
tashqari, ish bilan band bo‘lgan bir shaxs hisobiga va ishlab berilgan bir
soat hisobiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarilishi
indeksi hisoblab chiqiladi. Germaniyada mehnat unumdorligining bir
necha indeksi: bir ishlovchi, ish haqi oladigan bir ishchi, bir kishi-soat
hisobiga mahsulot ishlab chiqarilishi hisoblab chiqiladi.
SHunday qilib, turli mamlakatlarda mehnat unumdorligini
hisoblab chiqish uchun ham mamlakat darajasida (milliy daromad, yalpi
ijtimoiy mahsulot, sof milliy daromad va hokazo) va ayrim korxonalar
darajasida aniqlanadigan (sof mahsulot, qo‘shilgan qiymat, xomashyo,
yoqilg‘i, energiya sarflari va hokazo) xilma-xil ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi. Bu esa, ayrim mamlakatlar va ushbu mamlakatdagi ayrim
korxonalar bo‘yicha ham mehnat unumdorligini taqqoslashlarni
qiyinlashtiradi.


Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling