Mavzu. Mehnat unumdorligi


Mehnat unumdorligi, samaradorligi va mahsuldorligi


Download 62.71 Kb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi62.71 Kb.
#1048911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 мавзу КИ

4.2. Mehnat unumdorligi, samaradorligi va mahsuldorligi


Inson mehnati yagona tabiatga ega va u mulkchilik shakllari, mehnat
faoliyati turlaridan qat’i nazar, umumiy xarakterda bo‘ladi. SHuning
uchun ham iqtisodiyot fani va xo‘jalik amaliyoti oldida doimo uch muammo
turadi va ularning hal etilishi jamiyatning kengaytirilgan ishlab
chiqarishini ta’minlaydi:
- bo‘sh vaqt byudjetini ko‘paytirish maqsadida mehnat unumdorligini
oshirish orqali jonli mehnatni tejash va insonni bevosita ishlab
chiqarishdan ozod qilish;
- ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisobiga iste’mol
mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan sarflarni
kamaytirish;
- ijtimoiy ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yo‘li bilan
inson ehtiyojlarini maksimal qondirish.
Aytib o‘tilgan muammolarning hal etilishi darajasini hamda
ularning o‘zaro aloqasini baholash uchun bir nechta iqtisodiy
ko‘rsatkichlar mavjud.
Iqtisodiyotda unumdorlik o‘z mohiyatiga ko‘ra uch miqdor bilan
o‘lchanadi: jonli mehnat sarfi, moddiylashgan mehnat sarfi va bu sarflar
tufayli ishlab chiqarilgan iste’mol qiymatining miqdori ifodalanadi.
Bu miqdorlar orqali har qanday jamiyat o‘zining iqtisodiy
imkoniyatlarini namoyon qiladi. Ammo aytib o‘tilgan miqdorlarning
absolyut qiymatlari bo‘yicha, ayni bir vaqtda, iqtisodiy hodisaning
turli holatlarini iqtisodiy jihatdan to‘liq qiyoslash mumkin emas.
SHuning uchun nisbiy miqdorlarda hisoblanadigan mehnat unumdorligi,
ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarish mahsuldorligiga
ko‘rsatkichlarini alohida-alohida qo‘llash kerak bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini aniqlash masalasida hozirgi kunga qadar
aniq bir fikr shakllanmagan. Bu xususda bir-biridan tubdan farq
qiluvchi ikki nuqtai nazar mavjud: birinchisiga ko‘ra, ko‘rsatkich jonli va
moddiylashgan mehnat unumdorligini, ikkinchisiga ko‘ra esa, faqat jami
mehnatni aks ettirishi kerak.
Birinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, har qanday mahsulotni
tayyorlashda faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat ham ishtirok
etadi. Demak mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat turining
sarfi hisobga olinishi kerak. Mehnat unumdorligini faqat jonli
mehnat sarfidan iborat deb bilish, ularning fikricha, ijtimoiy ishlab
chiqarishning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda moddiylashgan
mehnatning roli va uning tejamini kamsitishdan boshqa narsa emas.
To‘g‘ri, har qanday mahsulotni ishlab chiqarishda faqat jonli emas,
balki moddiylashgan mehnat ham sarflanadi - bu isbot talab qilmaydigan
aksiomadir. Ammo, bu mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat
turini hisobga olish kerak, degan noto‘g‘ri xulosa chiqariladi. Bundan
keyingi xulosa ― mehnat unumdorligini faqat jonli mehnat sarfidan
iborat deb bilish ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini
jadallashtirishda moddiylashgan mehnat rolini kamsitishdir degan
xulosa bo‘lib, bunday qarash ham ancha sub’ektiv hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning natijasi va mahsuldorligi. Natija –
biror faoliyatining pirovard yakuni. Mahsulot – inson mehnatining
natijasi sifatidagi narsa.Bu tushunchlardan ko‘pincha sinonimlar
sifatida foydalaniladi. Ammo bular har xil tushunchalardir. Natija
mahsulotga nisbatan umumiyroq tushuncha bo‘lib, uni tanlov natijasi deyish mumkin, ammo tanlov mahsuloti deya olmaymiz. «Natija»
tushunchasida harakatning tugallanganligi, «mahsulot» tushunchasida esa
inson ehtiyojini qondiradigan moddiylik ifodalanadi. Biz natija
to‘g‘risida emas, ishlab chiqarilgan yoki iste’mol qilinadigan mahsulot
to‘g‘risida, natija almashinuvi to‘g‘risida emas, mahsulot almashinuvi
to‘g‘risida gap yuritamiz.
Iqtisodiy makonda inson ehtiyojini qondiradigan mahsulot
yaratiladi. SHuning uchun natijalilikni emas, balki mahsuldorlikni
iqtisodiy makon parametri deb hisoblamoq kerak. Ishlab chiqarishning
natijasi faqat mahsulot emas, balki boshqa oqibatlar (masalan, atrofmuhitni ifloslantirish) ham bo‘lishi mumkin, buni esa inson ehtiyojini qondiradigan mahsulot, deya olmaymiz.
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriabsolyut kattalik,
mahsuldorlik esa nisbiy kattalik. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
ijtimoiy ehtiyoj mahsuldorlikni hisoblashning tabiiy bazasi
hisoblanadi. SHuning uchun mahsuldorlikni quyidagi nisbat bilan
aniqlash lozim bo‘ladi:
Mk=Imm /Me (7)

bunda, Mk - mahsuldorlik koeffitsienti; Imm - ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotining massasi; Meb - jamiyat ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan (bazaviy) iste’mol mahsulotining hajmi.
Mahsuldorlik koeffitsienti iqtisodiy makonda ishlab chiqarish
sohasi va iste’mol sohasi qarama-qarshiliklari birligini aks ettiradi.
U mahsulotni jamiyat ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarish iqtisodiy
ma’nosiz ekanligini bildiradi, shuning uchun mahsuldorlik
koeffitsienti birdan katta bo‘la olmaydi.
Hozirgi vaqtda mehnat faoliyatining samaradorligini oshirish eng
muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda,
nima tushunilishini aniqlash bozor sharoitida korxonalar
muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash masalalarini hal etishdagi
strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega.
«Samaradorlik» tushunchasi nihoyatda keng tushunchadir, u olingan
samaraning sarflarga nisbatini aks ettiradi. Iqtisodiy adabiyotlarda
mehnat samaradorligi ko‘pincha mehnat unumdorligi bilan bir xil
tushuniladi. Albatta, mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining
juda muhim ko‘rsatkichidir, avvalo, mehnat unumdorligi xalq xo‘jaligi
darajasidan toki ish joyigacha ishlab chiqarishning barcha darajalarida
uzluksiz tusda bo‘lishi mumkinligi uchun muhimdir. Lekin ―mehnat
samaradorligi tushunchasi ―mehnat unumdorligi tushunchasidan
kengroqdir. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan mehnat
natijalari va mehnat sarflari ko‘rsatkichi jihatidan farq qiladi.
Mehnat unumdorligini ta’riflashda uning natijasi mehnat mahsuli
tarzida (tabiiy yoki qiymat birliklarida) ifodalanadi. ―Mehnat
unumdorligi tushunchasi faqat moddiy ishlab chiqarishga taalluqlidir.
Mehnat samaradorligi esa, uning moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ham
inson mehnat faoliyatining boshqa sohalaridagi mahsuldorligini
tavsiflaydi. Mehnat unumdorligini mehnat sarflari ko‘rsatkichi
sifatida aniqlashda mehnat sarflari yoki moddiy ishlab chiqarish
sohasida ish bilan band bo‘lganlarning miqdor ko‘rsatkichidan
foydalaniladi. Mehnat samaradorligini aniqlashda esa uning
natijalarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi sarflar bilangina
emas, balki barcha mehnat sarflari (barcha mehnat resurslari sarflari)
bilan taqqoslash, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida ish bilan band bo‘lganlarni, o‘qishdagilarni, uy xo‘jaligi va
shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ish bilan band bo‘lganlarni e’tiborga olish
kerak bo‘ladi.
Mehnat samaradorligining ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida
ko‘p jihatliligi uni baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning
muayyan tizimini talab qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning
darajalari: xalq xo‘jaligi, tarmoq, mintaqa, korxona (sex, uchastka,
brigada, ish joyi) darajasi kabi ishlab chiqarish miqyoslariga qarab
mehnat samaradorligini aniqlashning turli darajalarini e’tiborga
olish kerak bo‘ladi. Buning ustiga, hatto bir darajaning o‘zida,
shuningdek korxonalar darajasida ko‘rsatkichlar tizimlari farqlanishi
mumkin, chunki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari turlicha hisoblab
chiqiladi, xodimlar tarkibi tafovutli bo‘ladi, mehnat sarflarini
hisobga olishning o‘z xususiyatlari mavjud.



Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling