Mavzu. Mehnat unumdorligi
Download 62.71 Kb.
|
4 мавзу КИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 .1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati
4-MAVZU. MEHNAT UNUMDORLIGI 4.1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati 4.2.Mehnat unumdorligi, samaradorligi va mahsuldorligi 4.3. Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari 4.4. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning rivojlanishi 4.5. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari 4.1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar. Hozirga qadar ―mehnat unumdorligi tushunchasiga ta’rif berish va uni hisoblash usullariga turlicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda. Mamlakatimiz amaliyotida ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha mehnat unumdorligini hisoblashning turli tamoyillariga asoslanadigan ko‘rsatkichlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelindi. CHunonchi, milliy iqtisodiyotda va uning tarmoqlarida ijtimoiy mehnat unumdorligi hamda uning dinamikasi jami xarajatlar, ya’ni faqat mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnatgina emas, balki buyumlashgan mehnat xarajatlarini ham tejashni aks ettirar edi. Ayni vaqtda, korxonalar darajasida mehnat unumdorligi dinamikasi faqat jonli mehnat tejalishini aks ettirar edi. Bu hol ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga va xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga kerakli yo‘nalishda samarali ta’sir ko‘rsatishga imkon bermas edi. Jahon amaliyotida ―mehnat unumdorligi va ―unumdorlik‖ atamalaridan keng foydalaniladi. Bu atamalar ana shu ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan mehnat natijalarining ta’rifi va tarkibi bilan farqlanadi. Mehnat unumdorligi atamasi faqat yaratilgan (sotilgan) mahsulot (xizmatlar) hajminigina o‘z ichiga oladi, holbuki, unumdorlik atamasi qo‘shimcha ravishda mehnat natijalarida buyumlashgan mehnatning tejalishi yoki ortiqcha sarflanishini hisobga oladi. SHu bilan birga, unumdorlikni hisoblash usullari ishlab chiqarish samaradorligi bilan etarli darajada mos keladi, deb hisoblangan va bunga uni keng moslashtirilgan: Mehnat natijalari faqat mehnat sarfi bilan emas, balki resurslar bo‘yicha hamma turdagi sarflarning o‘zaro nisbati qiymat shaklida aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, ―mehnat unumdorligi va ―unumdorlik tushunchalari o‘z ma’nosi bilan birbiridan farq qiladi. Unumdorlik tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. SHu sababli, qator iqtisodchi olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarilganmahsulot hajmining – mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqtga nisbati ―mehnat unumdorligi tushunchasini tavsiflaydi. Bu nisbat: Download 62.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling