Mavzu. Mehnatni boshqarish usullari


Download 170.5 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1340014
  1   2
Bog'liq
3-Mavzu

Mavzu.Mehnatni boshqarish usullari

  • Reja
  • Mehnatni boshqarishning xarakteri
  • Mehnatni boshqarish turlari
  • Mehnatni innovatsion boshqarish omillari va shartlari
  • O’zining xarakteri bo’yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo’lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqazo qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo’yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak.
  • Iqtisodiy o’sishning turi
  • Mehnatni boshqarish
  • Moddiy asos
  • Tizimni tashkil qiluvchi omil
  • Sanoatlashganga qadar
  • Manufaktura ishlab chiqarish
  • Xususiy
  • ishchilarning kooperatsiyasi
  • Hunarmandchilik
  • Sanoatlashgan
  • “Tirik qo’shimcha” larga ega mashina- lar tizimi
  • Texnokratik
  • Ilmiy-texnik
  • Yangilik kiri- tishlarga asoslan gan egiluvchan ishlab chiqarish
  • Ilmiy-ishlab chi- qarish davrasida- gi o’zaro hamkor- lik
  • Innovatsion
  • Iqtisodiy o’sishning har xil bosqichlaridagi mehnatni boshqarishning turlari.
  • F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko’ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o’rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan.
  • Yuqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foydalanilgan:
  • - ishbay ish haqining alohida tizimi (me’yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajar- maganlar uchun – stavkalarni 20-30% ga pasaytirilishi, jarimalar);
  • - vazifalarni bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko’proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish: batavsil yo’l-yo’riq ko’rsatish, mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish, maxsus qurollar bilan ta’minlash, hisob, nazorat.
  • G.Gant o’ziga xos jadvalni ishlab chiqadi, unda har bir ishchi har qanday vaqt uchun o’zining ish haqi natijalarini ko’rishi mumkin edi. Jadvalda yana ishlab chiqarish dasturlarining bo’limlari va vazifani bajarilishini borishi o’rtasidagi vaqtincha aloqalar aks ettilgan. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, bu jadval o’sha vaqtda mehnatni boshqarishda inqilobni keltirib chiqargan. U korxona doirasidagi ishlab chiqarish jarayonini operativ rejalashtirish, hamda keyinchalik ishdab chiqilgan tarmoqli jadvallarning asosiga yotgan.
  • F.Gilbret xronometrajning kashfiyotchisi hisoblanadi. Amerika kompaniyalari birining boshqaruvchisi R.Vulf mehnat unumdorligini oshirishning bir qator yangi moddiy rag’batlarini kiritgan va ishchilarni boshqaruvning ba’zi bir masalalarini hal qilishga jalb qilgan. Sotsiolog M.Follet korxonadagi nizolar muammosi bilan, rahbarlik uslubi bilan shug’ullangan. Garvard universiteti professori G.Myunsterberg mehnat unumdorligini psixologik omillarga bog’liqligini ta’kidlagan.
  • Texnokratik boshqaruv G. Ford zavodlarida yuqori darajada rivojlangan. Uzluksiz-konveyerli ishlab chiqarishni puxta tashkil qilish, rahbarlikni markazlashtirish va mehnatga ilmiy yondoshish tufayli G.Ford va boshqa kompaniyalardagi uning izdoshlari ishlab chiqarish xarajatlarini ancha pasayishi va ishlab chiqishni oshishiga erishganlar. Fordizm o’sha vaqtda mehnatni texnokratik boshqarishning o’zining namoyon bo’lishi bo’yicha eng obro’li texnik-iqtisodiy va sotsial jihatlari bilan jipslashib ketgan.
  • 30-40 yilarda tadbirkorlarning e’tiborini E.Meyo, F.Rotlisberger kabi sanoat psixologlari va sotsiologlarining tavsiyalari o’ziga jalb qilgan. Ularning yordamlarida korporatsiyalarning xizmatlari, xodimlarni unumdorlikni oshirishga faollashtirish, korxonalardagi sotsial muhitni yaxshilash va mehnatkashlar va ma’muriyat o’rtasidagi nizolarni yumshatishga harakat qilganlar. O’sha davrda sotsial-psixologik usullar mehnatni texnokratik boshqarishning asoslarini o’zgartirmaganlar, faqat uning shakli turli tumanroq bo’lgan.
  • D.Makgregorni tasdiqlashicha, “X nazariyasi” eskirgan, menejerlar “Y nazariyasi”ni o’zlariga qurol qilib olishlari kerak - “kishilik munosabatlar” o’zini oqlaydi.

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling