Mavzu: Menejmentda akt ning o’rni Reja
Download 116.5 Kb.
|
akt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Menejmentda Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning ahamiyati.
- .Menejment faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni.
Mavzu:Menejmentda AKT ning o’rni Reja: Kirish
2. Menejment faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni. 3. Menejmentda Axborot kommunikatsion texnologoyilarning boshqarish xizmatida foydalanishning me’yoriy huquqiy asoslari. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar KIRISHSanoat rivojlanishining hozirgi bosqichida menejmentni axborot bilan ta'minlash strategik ahamiyatga ega bo'lgan to'laqonli manba vazifasini bajaradi. Menejerlar kompaniya boshqaruvining axborot ta'minotini har tomonlama baholashlari kerak. Bu uni yaratish va takomillashtirish uchun katta xarajatlar bilan bog'liq. Har bir korxonada zamonaviy standartlarga to'liq javob beradigan zamonaviy dasturiy ta'minot bilan jihozlangan to'liq va muvozanatli axborot tizimini shakllantirish zarur. Uning alohida elementlari yopiq tarmoqqa birlashtirilishi kerak. Shuningdek, ushbu sohada xodimlarning kasbiy tayyorgarligiga e'tibor berishingiz kerak. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari - bu eng yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish, ularni ishlab chiqarishning etakchi texnologik usullari va korxona resurslarini samarali ravishda taqsimlash va h.k.lar bo'yicha mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga imkon beradigan to'laqonli vosita. Hozirgi sharoitda axborot texnologiyalari zamonaviy korxona uchun mavjud bo'lgan resurslarni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish uchun zarurdir. Bu unga o'z faoliyatini yanada samarali amalga oshirishga imkon beradi. Tashkilotning samaradorligi va muvaffaqiyati kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda tashkilotning axborot salohiyatidan qay darajada foydalanilishiga bog'liq. 1.Menejmentda Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning ahamiyati. Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash xizmatlarini ko'rsatuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni 197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi menejmentda “Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, Jumladan,menejmentda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida menejmentda nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida menejmentni yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan, mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirmoqdalar: “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish, tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish, milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish, internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib, Menejmentda zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan ,menejmentning ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish , umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat axborot resurslari va 8ta menejment axborot tizmlari yaratildi hamda davlat organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, menejment tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.” Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga ko’paytirishga imkon yaratilmoqda . Axborotlar mebejmentning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Menejmentda fantexnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. “Menejment faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning alohida ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati va hususiyatlari axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng ko’p darajada namoyon bo’ladi.” Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va menejment muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik iqtisodchi shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, menejmetda axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning yetishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, menejmentda axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan menejment axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi menejment tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, menejment baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vujudga kelishi davrida menejment bo’yicha mutaxassislar o’zlarining bevosita asosiy iste’molchialriini har tomonlama bilganalar va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan tog’ri aloqalar o’rnata olganlar.” Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda. 2.Menejment faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni. “Elektronika yutuqlarining kommunikatsiyaga o’ta yuqori tezlik bilan kirib kelishi televideniya,kompyuterlar va electron tarmoqlar orqali axborotlar lamshish tizimi –multimedya texnologiyalarining shakllanishiga olib keldi.Axborotlarni qayta ishlash va thlil qilish imkoniayatlaridan foydalanish –multimediya texnologiyalar ,keying yillarda dunyo fani va texnologiyasidagi innovatsiyaning asosiy yutqlaridir.Multimediya texnologiayalari –o’ta murakkab mediya vositalari va electron tarmoqlarining ko’p sohali kommunikatsiya imkoniyatlarini shakllantirish va ulardan biznes amaliyotida foydalanish usulalri majmuasini ifodalaydi. “ 1.2.1-rasmda turli raqobat strategiyalari keltirilgan bo’lib, ular axborot texnologiyalarni qo’llashda ilg’or korxonalar bilan taqqoslaganda, sohadagi o’z holatini tahlil qilish natijasida korxonada foydalanishi mumkin. Axborot texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot texnologiyalarni rejalashtirish va foydalanish uchun bevosita javobgar hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi. Boshqa firmalar menejmentga axborot texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash, integrasiyalash va muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Mazkur axborot texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy aloqa dolzarb hisoblanadi. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling