Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Qora va rangli metallar ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

10.5. Qora va rangli metallar ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy 
protsesslar, metallurgiyaviy yoqilg‘i va о‘ta chidamli materiallar
Metall ishlab chiqarish ishlari kishilarga eramizdan bir necha asrlar 
avval ma’lum bо‘lsa-da, sanoat miqyosida chо‘yan ishlab chiqaruvchi domna 
pechlari XIV asrning о‘rtalaridagina yaratildi.
Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlar. Tabiatdagi hamma 
metallar (kimyoviy turg‘unlari, ya’ni oltin, kumush, platinadan tashqari) turli 
birikmalar (oksidlar) kо‘rinishida tog‘ jinislarida uchraydi. Metallurgiya 
korxonalarda metall va uning qotishmalari ana shu murakkab birikmalardan ajratib 
olinadi. Bu maqsadda sanoatga quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. PirometallurgiY. Bu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik 
yoqilg‘ini yondirish hisobiga olinadi.
2. ElektrrometallurgiY. Bu usulga metall ishlab chiqarish uchun zarur 
issiqlik elektr energiyasi hisobiga olinadi.
3. GidrometallurgiY. Bu usulda rо‘da tarkibidagi metall avval erituvchiga 
о‘tkazilib, keyin ulardan ajratib olinadi.
4. Kimyoviy metallurgiya usuli. Bu usulda metall kimyoviy va 
metallurgiyaviy jarayonlar yordamida olinadi.
 Metallurgiyaviy yoqilg‘ilar. Metallurgiyada asosiy yoqilg‘i sifatida 
koksdan, mazutdan, tabiiy gaz, domna va koks gazlaridan foydaliniladi.


108 
Koks. Kokslanuvchi sifatli toshkо‘mirni maydalab, maxsus pechlarda 1000-
1100
0
S haroratda 10-15 soat davomida havosiz qizdirish (piroliz) natijasida 
olingan qattiq, g‘ovak massa koks deb ataladi. Hozirgi zamon koks ishlab 
chiqaruvchi maxsus pechlarning hajmi 18-20 m
3
bо‘lib, bо‘yi 50-70 m li bir necha 
kamerasi bо‘ladi. Bu kameralarning har biri 10-15 soatda 12-16 t koks beradi 
Metallurgiyaviy kokslarda о‘rtacha 85-90 uglerod, 0,5-2 oltingugurt, 
0,04 gacha fosfor, 1 ga yaqin ajraluvchi gazlar, 10-13 kul va 5 gacha 
namlik bо‘ladi. Koksning issiqlik chiqarish xususiyati 6500-7500 kkal

kg (27-31 
Mj

kg), alangalanish harorati 700 
0
S ga yaqin, maydalanishga qarshiligi 100-1400 
kg

sm
2
, g‘ovakligi esa 45 - 55.
Koksdan, asosan, domna pechlari va vagrankalarda chо‘yan ishlab 
chiqarishda yoqilg‘i sifatida foydalanalidi. Keyingi yillarda kokslanuchi 
kо‘mirlarga kokslanmaydigan kо‘mir qо‘shib koks olish usuli ishlab chiqilgan.
 Mazut neftni qayta ishlashda hosil bо‘lgan suyuq qoldiq bо‘lib, undan 
marten va boshqa pechlarni qizdirishda yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Mazut 
yonganda kо‘p miqdorda issiqlik chiqarishi (8500-10500 kkal

kg), kul ajratmasligi 
va yonishini oson rostlash mumkinligi uning xarakterli kо‘rsatkichlariga kiradi.
 Tabiiy gaz. Bu gaz yonganda yuqori kaloriyali issiqlik beruvchi arzon 
yoqilg‘i bо‘lib, uning asosiy qismi metan (CH
4
) dir. Boku va Saratov gazlarining 
tarkibini о‘rganish ularda 92-CH
4
; 2-CO
2
; 4-C
4
H
4
; 0,34-H
2
O va 2-N
2
borligini kо‘rsatadi. 1m
3
tabiiy gaz yonganda 8000 kkal (34Mj m
3
) issiqlik 
chiqadi.

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling