102
Kristall panjara xususiyatini belgilaydigan ya’na bir muhim о‘lcham -
bu har bir elementar katakchaga tо‘g‘ri keladigan atomlar soni. Masalan, K8
kristall panjara tugunchlarida 8 ta atom bо‘lib, bu atomlarning har biri 8
ta yana
shunaqa elementar katakchaga tegishlidir (fazoda). Demak, har bir katakchaga bir
atomgina tо‘g‘ri keladi. Lekin K8 yacheykaning
markazida turgan atom shu
elementar katakchaning о‘zigagina
tegishli ekanini hisobga olsak,
har bir
elementar kristall katakchaga tо‘g‘ri keladigan atomlar soni 2 ga teng bо‘ladi.
Real kristallarning tuzilishi. Kristall panjara nuqsonlari. Keyingi
yillarda elektron mikroskop va rentgen analizlari real kristallarning tuzilishida turli
nuqsonlar mavjud bо‘lishini kо‘rsatdi. Bu nuqsonlar
uch guruhga - nuqtaviy,
chiziqli va sirt nuqsonlarga bо‘linadi.
Nuqtaviy
nuqsonlarga vakansiyalar, ya’ni kristall panjaraning bо‘sh
joylari
va oraliq atomlar - tugunlar oralig‘iga siljigan atomlar kiradi (1-rasm). Bu nuqson
metallarda diffuzion jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chiziqli nuqsonlarning eng muhim turi – dislokatsiyalardir (2-rasm).
Metallning atomlar siljigan (sirpangan) sohasi bilan
atomlar siljimagan sohasi
orasidagi chegara
dislokatsiya deb ataladi.
Dislokatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning zichligidir. Kristallning
1sm
2
yuzasini kesib о‘tgan dislokatsiyalar soniga dislokatsiya zichligi deyiladi.
Juda sekin kristallanayotgan jismlarning dislokatsiya zichligi 10
2
...10
4
sm
-2
ga teng.
Muvozanatdagi polikristallarning dislokatsiya zichligi 10
6
...10
7
sm
-2
ga yetadi Juda
katta plastik deformatsiyaa natijasida dislokatsiya zichligi
10
8
...10
12
sm
-2
ga
yetishi
mumkin.
Kristall jismdagi dislokatsiya panjaraning qiyshayishiga sabab bо‘ladi.
Tashqi kuch ta’sirini kritik qiymatdan oshirish metallda darz hosil bо‘lishiga sabab
bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: