Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Rangli metallardan sof holda qurilishda kamdan – kam foydalaniladi. 
Rangli metallarning qotishmalari ancha tez-tez ishlatiladi. Ular haqiqiy zichligi 
bо‘yicha yengil va og‘ir qotishmalarga bо‘linadi. 


100 
Yengil qotishmalar alyuminiy yoki magniy asosida olinadi. Eng kо‘p 
tarqalgan yengil qotishmalar alyuminiy-marganetsli, alyuminiy-kremniy ikki 
oksidli, alyuminiymagniyli va dyuralyuminiy qotishmalaridir. Ulardan bino va 
inshootlarning ustunlari (ferma va boshqalar) hamda ihotalovchi (deraza 
panjaralari va boshqalar) qurilmalarda foydalaniladi. 
Og‘ir qotishmalar mis, qalay, rux va qо‘rg‘oshin asosida olinadi. Qurilishda 
og‘ir qotishmalar ichida bronza (mis bilan qalay yoki misning alyuminiy, temir va 
marganets bilan qotishmasi) hamda latun (misning rux bilan qotishmasi) 
ishlatiladi. Bu qotishmalardan arxitektura detallari va sanitariya-texnika 
armaturalari tayyorlanadi. 
Quyma chо‘yan. Tarkibidagi aralashmalarning miqdori va sovitish tezligiga 
qarab chо‘yanning quyidagi ikkita asosiy turi: oq chо‘yan va klrang chо‘yan 
olinadi. Bu nomlar chо‘yanning rangiga mos keladi. Oq chо‘yanning qattiqligi 
yuqori, lekin juda mо‘rt bо‘ladi; u bolg‘alanuvchan chо‘yan va pо‘lat olish uchun 
ishlatiladi. Suyuq holatda kul rang chо‘yan yaxshi oquvchan bо‘ladi va qoliplarga 
oson tо‘ladi, qotayotganida kam chо‘kadi, shuningdek mexanik usulda ishlov 
berish qulay. Kul rang chо‘yandan turli-tuman qurilish buyumlarini quyish uchun 
foydalaniladi. Kul rang chо‘yanning turlaridan biri modifikatsiyalangan qora 
chо‘yandir. Bu chо‘yan suyuq chо‘yanga qо‘shimchalar kiritish hisobiga hosil 
qilinadi. U yuqori mexanik xossalarga ega. 
Kulrang, shuningdek modifikatsiyalangan chо‘yan SCH harflari bilan 
markalanadi, masalan, SCH12-28, SCH18-36 va hokazo. CHо‘yan markasidagi 
birinchi raqam chо‘zilishga, ikkinchi raqam esa egilishga yо‘l qо‘yiladigan 
mustahkamlik chegarasini (kgkG‘mm
2
larda) kо‘rsatadi. 
Asosan siquvchi kuch ta’sirida bо‘ladigan buyumlar(ustunlar, tayanch 
yostiqlar, suv oqava quvurlari va bohqalar) quyma kulrang chо‘yandan 
yasaladi.Qurilishda yuqori mustahkam va legirlangan chо‘yanlardan kam 
foydalaniladi. 
Zamonaviy turar joy, sanoat, qishloq xо‘jaligi va transport qurilishida 
chо‘yan buyulardan keng foydalaniladi. Ular qatoriga birinchi navbatda sanitariya-
texnika buyumlari va asbob-uskunalar masalan, isitish radiatorlari, vannalar, 
yuvish qurilmalari va ventillarni kiritish mumkin. CHо‘yan quvurlar sanitariya-
texnika kabinalari, suv oqava tarmoqlari ustunlari uchun, sanoat suvlarini chiqarib 
yuborish uchun ishlatiladi va hokazo. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling