Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Qora metallar temirning uglerod bilan qotishmasidan iboratdir. Bundan 
tashqari, ularning tarkibida oz yoki kо‘p miqdorda boshqa kimyoviy elementlar 


99 
(kremniy, marganets, oltingugut, fosfor) ham bо‘lishi mumkin. Qora metallga xos 
bо‘lgan xususiyatlar berish uchun ularning tarkibiga yaxshilovchi yoki legirlovchi 
qо‘shimchalar (nikel, xrom, mis va boshqalar) kiritiladi. Tarkibidagi uglerod 
miqdoriga qarab qora metallar chо‘yanlar va pо‘latlarga bо‘linadi. 
Chо‘yan – tarkibida 2-4,3% uglerod bо‘lgan temir uglerodli qotishmadir. 
Vazifasiga qarab chо‘yanlar quyiluvchan, qayta ishlanadigan va maxsus 
chо‘yanlarga bо‘linadi. 
Quyiluvchan chо‘yanlar turli qurilish detallarini quyish uchun qо‘llaniladi. 
Qayta ishlanadigan chо‘yanlardan pо‘lat ishlab chiqarish uchun, maxsus 
chо‘yanlardan esa pо‘lat va maxsus ishlarga mо‘ljallangan chо‘yan quymalarini 
ishlab chiqarishda qо‘shimcha sifatida foydalaniladi. CHо‘yan tarkibida 
marganets, kremniy, fosfor, shuningdek legirlovchi qо‘shimchalar-nikel, xrom, 
magniy va boshqalar bо‘lishi tufayli chо‘yan yuqori mexanik xossalarga ega 
bо‘ladi va olovbardosh hamda zanglashga bardoshli bо‘ladi. Nikel, xrom magniy 
va boshqa elementlar qо‘shilgan chо‘yanlar legirlangan chо‘yanlar deb ataladi. 
Yuqori mustahkam chо‘yanlar suyuq chо‘yanni Si,Ca va boshqa qо‘shilmalar 
bilan modifikatsiyalab olinadi. 
Pо‘lat – tarkibida uglerod miqdori 2% gacha bо‘lgan temir bilan 
uglerodning bog‘lanuvchan qotishmasidir. Olish usuliga qarab, pо‘latlar, marten, 
konvertor va elektr pо‘latlariga bо‘linadi. Qotishma tarkibiga kiradigan kimyoviy 
elementlarga qarab pо‘latlar kimyoviy tarkibi bо‘yicha uglerodli va legirlangan 
bо‘ladi. Uglerodli pо‘latlar temir bilan uglerod va marganets, kremniy, oltingugut 
va fosfor aralashmalari qotishmalaridan iborat. Turli usullarda olingan uglerodli 
pо‘latning qotishiga kо‘ra sokin, yarim sokin va qaynaydigan pо‘latlarga bо‘lish 
qabul qilingan. Legirlangan deb, tarkibida legirlovchi qо‘shimchalar (nikel, xrom, 
volfram, molibden, mis, alyuminiy va boshqalar) mavjud bо‘lgan pо‘latga aytiladi. 
Tarkibiga kiritilgan legirlovchi qо‘shilmalarga qarab pо‘lat xrom-marganetsli, 
marganets-nikel-misli pо‘lat va hokazolar deb aytiladi. Bundan tashqari, 
tarkibidagi jami qо‘shilmalarga kо‘ra pо‘latlar kam legirlangan (tarkibidagi 
legirlovchi qо‘shilmalar miqdori 2,5% gacha bо‘lgan), о‘rtacha legirlangan 
(tarkibidagi legirlovchi qо‘shilmalar miqdori 2,5 dan 10% gacha bо‘lgan) va kо‘p 
legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qо‘shilmalar 10% dan ortiq) pо‘latlarga 
bо‘linadi. 
Vazifasiga kо‘ra pо‘latlar quyidagi guruxlarga bо‘linadi: konstruksion 
pо‘latlar, bular turli qurilish qurilmalari va mashinalar detallarini tayyorlash uchun 
ishlatiladi; maxsus pо‘latlar – bular yuqori olovbardosh va yeyilishga chidamli
shuningdek zanglashga chidamliligi bilan tavsiflanadi; nihoyat, asbobsozlik 
pо‘latlari va hokazo. 
Sifatiga kо‘ra pо‘latlar, odatda, oddiy, sifatli, yuqori sifatli va alohida yuqori 
sifatli pо‘latlarga bо‘linadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling