Мавзу: Металлар технологияси асослари
Metallarning tarkibi va tuzilishi
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
10.2.Metallarning tarkibi va tuzilishi
Qattiq jismlarning ichki tuzilishini Rentgen nurlari bilan yoritib о‘rganish shuni kо‘rsatadiki, ularning atomlari fazoda ma’lum tartibda yoki tartibsiz joylashgan. Atomlari fazoda tartibli joylashgan jismlar kristall jismlar deyiladi. Atomlari fazoda tartibsiz joylashgan jismlar esa amorf jismlar deyiladi. Kristall jismlarning atomlari fazoda ma’lum qonuniyatga asosan kristall panjara tuguni atrofida tebranib turadi. Fazoviy panjaraning tuzilishi va atomlarning unda joylashishi metalning turiga bо‘g‘liq. Asosiy metallarda quyidagi xillarda bо‘luvchi kristall panjaralar kо‘proq uchraydi: 101 1. Hajmi markazlashgan kub panjara. Bunday kristall panjarada metall atomlarining 8 tasi kubning uchlarida va bittasi kub markaziga joylashgan bо‘ladi. Bunday kristall panjara Fe , Cr, V, W, Mo, li va boshqa metallarga xos. 2. Yoqlari markazlashgan kub panjara. Bunday panjarada metall atomlarining 8 tasi kubning uchlarida, 6 tasi yoqlarning markazlarida joylashgan bо‘ladi. Bunday kristall panjara Feg, Al, Cu, Ni, Co, Pb va boshqa metallarga xos. 3. Geksogonal panjara. Bunday kristall panjarada metall atomlarining 12 tasi olti qirrali prizmaning uchlarida 2 tasi prizmaning ustki va ostki asoslari markazlarida va 3 tasi prizmaning о‘rta qismida joylashgan bо‘ladi. Bunday kristall panjara Zn, Mg, Ti, Be va boshqa metallarga xosdir. Materiallarning kristall tuzilishi haqidagi tushunchani elementar kristall katak (yacheyka) orqali ifodalash oson, elementar katak deganda, atom kristall tuzilishining eng kichik qismi tushunilib, ana shu katakni uch о‘lcham bо‘yicha kо‘p martalab qaytarilishi natijasida jismning fazoviy kristall panjarasi hosil bо‘ladi. Elementar kristall panjaralarning qirralari, odatda, a, b, c bilan belgilanadi va bu kо‘rsatkichlar kristall davrini belgilaydi yoki qaytarilsh (uzatish) vektori deb ham ataladi. Ana shu elementar katakchani xarakterlash uchun yana koordinatsion son, atomlar joylashishining zichlik koeffitsiyenti degan tushunchalar ham kiritilgan. Kristall katakchaning turi koordinatsion son tushunchasi bilan ifodalanadi. Kristall panjarada eng yaqin bir xil masofada turgan atomlar soniga shu kristall panjaraning koordinatsion soni deb ataladi va u harflar bilan belgilanadi. Masalan, oddiy kub katakning koordinatsion soni 6 ga teng bо‘lib, K6; markazlashgan kub katakchaniki K8; yoqlari markazlashgan kub katakniki K12, atomlari zich joylashgan geksagonal katakniki G12 ga teng. Kub katakchalarning о‘lchamlari qiymati atom о‘lchamlari qiymati bilan belgilanadi, bunday о‘lchov birligi nanometer (nm) deb ataladi. Kristall panjara turlari 14 ta bо‘lsa shundan metallar uchun 4 ta turdagi elementar katakcha ya’ni oddiy, hajmi markazlashgan, yoqlari markazlashgan kub katakchalar va geksogonal katakcha turlari kо‘p uchraydi. Metallarning kristall panjara turi aniq bо‘lsa, atomlarining о‘lchamlarini hisoblash bilan aniqlash mumkin. Masalan, K8 kristall panjara uchun d=a 3 /2 bо‘lsa, K12 kristall panjara uchun esa d=a 2 /3 bо‘ladi. 1-jadval Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling