Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Gidroizolyatsiya materiallari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

7.3. Gidroizolyatsiya materiallari 
Gidroizolyatsiya materialari inshootlar yoki ularning qismlariga atrof 
muxitdagi nam sizib kirishidan ximoya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning suv 
о‘tkazmasligi yuqori bо‘lishi tashqi muxitda yemirilmasligi, yetarli darajada 
egiluvchan va deformatsiyaalanuvchan bо‘lishi kerak. Bunday materiallarga 
gidroizol, izol, brizol, folgoizol, metalloizol, shishaizol va boshqalar kiradi. 
Gidroizol – qoplamasi о‘ramli material bо‘lib, asbest kartonga neft 
bitumlarini shimdirish yо‘li bilan tayyorlanadi. Gidroizol о‘ramining eni 950 mm, 
yuzasi 20 m
2
qilib ishlab chiqariladi. 
Izol – bu asos materialsiz, biologik jixatdan turg‘un о‘ramli material bо‘lib, 
bitum rezinali bog‘lovchi tо‘ldirgichdan, plastifikatordan va antiseptikdan olinadi. 
U eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm va uzunligi 10-12 m li о‘ramlarda 
chiqariladi. Bu material uzoq muddatda va yuqori xaroratga chidamli, bir oz suv 
shimadi va sovuqda elastikligini saqlaydi. 
Izol bino va inshootlarning konstruksiyalarida bug‘ va suv о‘tkazmaydigan 
material sifatida, shuningdek ishlab va yassi tomlarning ikki va uch qatlamli 
yopmalari uchun tombop material sifatida ishlatiladi. U qaynoq bitum 
mastikalariga yopishtiriladi. Katta yuzalarni gidroizolyatsiyalashda izol polotnolari 
qirralarini payvandlab va choklarni qizigan tekislagich bilan tekislab, yaxlit yopma 
qilib biriktiriladi. 


96 
Brizol – rezina uvoqlari, neft bitumi, asbest tо‘ldirgich va plastifiqatorlardan 
tayyorlanadigan asosi bо‘lmagan gidroizolyatsion о‘ramli material xisoblanadi. 
Brizol qalinligi 2 mm va yuzasi 10 va 15 m
2
bо‘lgan о‘ramlar kо‘rinishida ishlab 
chiqariladi. 
Brizol yer osti inshootlarini gidroizolyatsiyalash, yer osti metall quvurlarini 
zanglashdan ximoyalash, shuningdek tomlarga yopish uchun mо‘ljallangan. Brizol 
bitumli yoki bitum – rezinali mastikalarga yopishtiriladi. Katta yuzlarni 
gidroizolyatsiyalashda uning polotnolari izol polotnolari kabi payvandlanadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling