Мавзу: Металлар технологияси асослари
Bitumning chо‘ziluvchanligi
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatronli bog‘lovchilar.
- Toshkо‘mir qatroni
- Toshkо‘mir peki
Bitumning chо‘ziluvchanligi namunani duktilometrda chо‘zish yо‘li bilan
topiladi. CHо‘zilgan namunaning uzilish paytidagi uzunligi (sm xisobida) bitum chо‘ziluvchanligining kо‘rsatkichi xisoblanadi. Yuqoridagi xossalar bir-biriga bog‘liq. Masalan, qattiq bitumlarning yumshash xarorati yuqori bо‘ladi, lekin chо‘ziluvchanligi kichik, ya’ni nisbatan mо‘rt bо‘ladi, aksincha, uncha yuqori bо‘lmagan xaroratda yumshaydigan bitumlar juda chо‘ziluvchan, ya’ni katta plastiklikka egadirlar. Neft bitumlari zich strukturaga ega, ularning g‘ovakligi amalda nolga teng, shu sababli suv о‘tkazmadi, kislotalar, ishqorlar, ishqorli suyuqliklar va gazlar ta’siriga hamda sovuqqa chidamli bо‘ladi. Ular tosh materiallari, yog‘och materiallari va metallar bilan puxta tishlashish xususiyatiga ega, lekin organik erituvchilarda eriydi, ishlash sharoitlarida quyosh nuri va havo kislorodi ta’siri ostida eskiradi, natijada qattiqligi va murtligi ortadi. 92 Bitumlar yog‘och bochkalarda, bidonlarda, faner yoki metall-faner barabanlarda, qog‘oz qoplarda tashiladi. Ishlatiladigan joygacha bu materiallar isitish qurilmalari bilan jixozlangan temir yо‘l sisternalarida tashilishi ham mumkin. Bitumlarni quyosh nurlaridan va yog‘in-sochinlardan ximoyalash uchun ularni maxsus omborlarda yoki bostirma ostida saqlash lozim. Qatronli bog‘lovchilar. Qatronli bog‘lovchilar kimyo zavodlarida qattiq yoqilg‘i (toshkо‘mir, qо‘ng‘ir kо‘mir, yonuvchi slanetslar va boshqalar) ni qayta ishlashda qо‘shimcha maxsulot sifatida olinadi. Organik bog‘lovchilarning bu guruxidan qurilishda kо‘pincha toshkо‘mir qatroni va toshkо‘mir peki (gollandcha pek-smola) ishlatiladi. Toshkо‘mir qatroni – о‘ziga xos fenol va naftalin xidli, rangi qora yoki qо‘ng‘ir moysimon qovushqoq suyuqlikdan iborat. Toshkо‘mir qatronini xom holatda qurilishda ishlatib bо‘lmaydi, chunki tarkibida suv va uchuvchi fraksiyalar bо‘ladi. Qizdirish yо‘li bilan xom qatrondan suv chiqarib yuboriladi, sо‘ngra yengil va о‘rtacha moylar ajratib olinadi, buning natijasida xaydalgan qatron olinadi, uni qurilishda ishlatish mumkin. Toshkо‘mir peki – qora rangli qattiq modda bо‘lib, toshkо‘mir smolasidagi moylarni xaydash tugagandan keyin hosil bо‘ladi. Pek suvda mutlaqo erimaydi, lekin organik erituvchilarda eriydi, kislotalar va tuz eritmalari ta’siriga chidamli. Toshkо‘mir peki –zaxarli modda, shu sababli uni ishlatishda xavfsizlik texnikasining maxsus qoidalariga rioya qilish zarur. Pek mastikalarda bog‘lovchi modda sifatida ishlatiladi. Pekni xaydalgan qatron bilan birga eritib, qurilish uchun yaroqli tarkibli qatron olish mumkin. Bu aralashmalar yuqori darajada yelimlash xossalariga ega. Pek va qatron nisbatini о‘zgartirib yumshash xarorati va qovushqoqligi turlicha bо‘lgan tarkiblar tayyorlanadi: aralashmada pek qancha kо‘p bо‘lsa, aralashmaga ishlov berish xarorati va mо‘rtligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Xaydalgan va tarkibli qatronlar yо‘llar qurishda va tombop materiallarni tayyorlashda keng qо‘llaniladi. Qatronli materiallarning yog‘in-sochin va kuyosh nuriga chidamliligi bitumli materiallarnikiga qaraganda pastroq bо‘ladi. Qovushqoqligi, atmosfera ta’siri va xaroratga chidamliligini oshirish uchun tarkibiy qatronlarga mayda tuyilgan materiallar (oxaktosh, dolomit) aralashtiriladi va tо‘ldirilgan qatron olinadi. Qatron temir yо‘l sisternalari yoki avtotsisternalarda, pek esa yopiq vagonlarda sochma xolda yoki termotsisternalar va maxsus avtomabillarda tashiladi. Yopiq omborlar yoki ayvonlarda saqlanadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling