Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. Bitumli va qatronli bog‘lovchilar
- Bitumli bog‘lovchilar.
О‘z-о‘zini tekshirish uchun savollar: 90 1. Qurilishbop qorishmalarning turlari, sinflarini sanab о‘ting. 2. Qorishma aralashmalarining qanday xossalarini bilasiz. 3. Qurilish qorishmalarining mustahkamligi nimaga bag‘liq. 4. Qurilish qorishmasining sovuqqa chidamliligi oshirish yullari. 5. G‘isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar yig‘iladigan binolarni о‘rnatish uchun qanday qorishmalar ishlatiladi. 6. Pardozlash qorishmalari tarkibini aytib о‘ting. 7. Maxsus qorishmalar qanday tayyorlanadi. 8. Qorishmalarni tayyorlash va tashish usullari. 9-MAVZU ORGANIK BOG‘LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDA TAYYORLANADIGAN MATERIALLAR Reja: 9.1. Bitumli va qatronli bog‘lovchilar 9.2. Bitum va qatron asosida tayyorlanadigan materiallar 9.3. Gidroizolyatsiya materiallari 9.1. Bitumli va qatronli bog‘lovchilar Organik bog‘lovchi moddalar guruxi bitumli va qatronli bog‘lovchilardan iborat bо‘lib, yuqori molekulali uglevodorodlardan va ularning nometall birikmalaridan tashkil topgan. Ushbu bog‘lovchilar qizdirilganida yumshaydi (suyuqlanadi) va sovitilganda о‘zining boshlangich qovushqoqligini tiklaydi. Bitumli bog‘lovchilar. Bitumli bog‘lovchilar – uglevodorod-larning oltingugurt, kislorod, azot bilan birikmalaridir. Dastlabki xomashyoga qarab ular tabiiy va sun’iy neft bitumlariga bо‘linadi. Tabiiy bitumlar – qora yoki tо‘q-jigarrangdagi qattiq moddalar yoki qovushqoq suyuqlik bо‘lib, tabiatda sof kо‘rinishda yoki chо‘kindi tog‘ jinslari (oxaktoshlar, qumtoshlar) ga shimilgan holatda uchraydi. Bundan kо‘p ming yillar muqaddam neft yer qobig‘ining ustki qatlamlariga kо‘tarilib, tog‘ jinslarini tо‘yintirgan, sо‘ngra bug‘lanuvchi moddalar asta-sekin bug‘lanib ketishi natijasida tabiiy bitum hosil bо‘lgan. Tarkibida 5% dan 20% gacha tabiiy bitum bо‘lgan asfalt –tog‘ jinslarini qaynoq suv yoki organik erituvchilar bilan ishlab olinadi. Qizdirilganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Tabiiy bitum suvda erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol, xloroform, skipidar va boshqa organik erituvchilarda oson eriydi. Qurilishda tabiiy bitum tanqis va narxi yuqori bо‘lganligi tufayli asosan bitum laklarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Mayda kukun kо‘rinishidagi asfalt jinslaridan asfalt mastikasi va asfalt betonlarini olish uchun foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling