Мавзу: Металлар технологияси асослари
Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bо‘ladigan
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bо‘ladigan
materiallar miqdorini aniqlash Murakkab qurilish qorishmasi tarkibini tanlash deganda, qorishma tayyorlash uchun kerak bо‘ladigan materiallar (sement, mineral va sirtqi-faol qо‘yimchalar, suv hamda qum) ning о‘zaro nisbatini tо‘g‘ri tanlash tushuniladi. Nisbatlar tо‘g‘ri tanlansa, talab qilinadigan darajada yoyiluvchan va belgilangan Statsionar qorishma qorgich 88 muddatda zarur mustahkamlikka erishadigan qorishma hosil bо‘ladi. Murakkab qorishmaning tarkibi odatda uning talab qilingan markasiga, sementning faolligi va qorishmaning yoyiluvchanlik darajasiga qarab tanlanadi. Dastlab qorishmaning taxminiy tarkibi hisoblab chiqariladi, sо‘ngra namuna-qorishma tayyorlash yо‘li bilan suv sarfi aniqlanadi. Murakkab qorishmaning tarkibini hisoblash. Murakkab qorishmaning tarkibini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarni bilish kerak: qorishmaning markasi R qor , yoyiluvchanlik darajasi, sementning faollik darajasi Rs, tо‘kma zichligi r t , mineral qо‘shimchaning turi, mineral qо‘shimcha xamirining zichligi. Dastlab zarur markada qorishma hosil qilish uchun 1 m 3 qumga qancha sement qо‘shish kerakligi hisoblab chiqariladi, sо‘ngra qorishma qolipiga qulay joylashadigan va qatlamlanmaydigan bо‘lishi uchun unga qancha mineral qо‘shimcha qо‘shish kerakligi (ohak yoki gil hamirining miqdori), taxminiy suv sarfi aniqlanadi. 1 m 3 qumga aralashtiriladigan tо‘kma-bо‘sh holatdagi sement sarfi (kg) quyidagi ifoda yordamida topiladi: Qs = R kor CH1000 KRs; bu yerda R kor -qorishmaning belgilangan markasi, 0,1 MPa; Rs - DAST ga muvofiq, plastik qorishmadan tayyorlangan namunalarni sinashda sementning faolligi (qorishmaga portlandsement ishlatilganda Kq1; qorishmaga pussolan sement yoki toshqolli portlandsement ishlatilganda Kq0,88). 1 m 3 qumga sarflanadigan sement, m 3 ; Vs = Qs / r T . bu yerda r t – tо‘kilgan-bо‘sh holatdagi sementning zichligi, kgG‘m 3 ; r t q1100 kgG‘m 3 ; deb qabul qilinadi. 1 m 3 qumga sarflanadigan ohak yoki gil xamiri massasi, kg; Qkush =Vkush Chrkush 1 m 3 qumga sarflanadigan ohak yoki gil xamiri hajmi, m 3 : V kush = 0,17(1- 0,02Qs ). Ohak xamirining zichligi 1400 kgG‘m 3 , 5% qum aralash plastik loy (gil xamiri) ning zichligi - 1300 kgG‘m 3 , 15% gacha qum aralashgan о‘rtacha plastik loyning zichligi esa 1450 kgG‘m 3 deb qabul qilinadi. Amalda ohak suti ishlatiladi, uni nasos yordamida osonlikcha quyish mumkin. Ohak suti meyorini shunday belgilash kerakki, undagi (zichligi 1200 kgG‘m 3 ) ohak miqdori 25 % ni tashkil etsin. Murakkab qorishma tarkibidagi materiallarning hajmiy nisbatini aniqlash uchun har bir material sarfini sement hajmiga taqsimlash kerak: Vs : Vkush : 1 = 1: Vkush : 1 CH 89 Vs Vs Vs Vs Vs Zarur darajada yoyiluvchan qorishma hosil bо‘lishi uchun har 1 m 3 qumga qо‘shilaodigan taxminiy suv miqdori: C = 0,5(Qs + Qs Chr kush. ); bu yerda Qs va Q qо‘sh - 1 m 3 qumga tо‘g‘ri keladigan sement, ohak yoki loy (gil) sarfi, kg; r t anorganik qо‘shimchaning zichligi, kg/l. Hisoblab chiqarilgan suv sarfiga namuna-qorishma tayyorlash yо‘li bilan aniqlik kiritiladi. Namuna-qorishma tayyorlash. Qorishma tayyorlash uchun kerak bо‘ladigan materiallar sarfi yuqorida kо‘rsatilgan ifodalar yordamida hisoblab chiqarilgandan sо‘ng 5 l hajmida namuna-qorishma tayyorlanadi. Buning uchun talab qilinadigan materillar yuqoridagi hisoblarga asoslanib, torozida alohida-alohida tortiladi. Tog‘aradagi qumga sement qо‘shilib, kurakcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi, sо‘ngra unga ohak xamiri (yoki loy) qо‘shiladi, yaxshilab qorishtirilganidan keyin zarur miqdorda suv quyiladi va aralashma 3-5 minut davomida kavlab turiladi. Qorishmaning yoyiluvchanligiga standart konusning chо‘kish darajasiga qarab baho beriladi. Konusning haqiqiy chо‘kish darajasi belgilangan meyordan farq qilsa, qorishmaning tarkibi keragicha о‘zgartiriladi. Masalan, beton konus belgilangan darajadan kо‘p chо‘ksa, qorishmada qum miqdorini namunaga sarflangan qum miqdorining 5-10 %iga, konus belgilangan darajadan kam chо‘ksa, suv miqdorini namunaga sariflangan suv miqdorining 5-10 %iga kо‘paytirish kerak; shu tarzda hosil qilingan qorishma 5 minut davomida aralashtirilgandan keyin yoyiluvchanligi yana tekshiriladi, zarur bо‘lsa, qorishma tarkibiga yana о‘zgartish kiritiladi, talab qilingan darajada yoyiluvchan qorishma hosil bо‘lgunga qadar uning tarkibi shu tarzda о‘zgartirilaveradi. Kо‘ngildagidek qorishma hosil bо‘lgach, undan 70,7 ґ 70,7ґ 70,7 mm о‘lchamli kub namunalar tayyorlanadi. 28 kun quritilgan kub-namunalarni sinash natijalariga asoslanib, qorishmaning markasi va uning loyihalangan markaga mosligi aniqlanadi.28 kunlik kub-namuna о‘rniga 7 yoki 14 kunlik namunani sinovdan о‘tkazsa ham bо‘ladi. Bu holda olingan natijalarni 28 kunlik kub- namunaning markasiga aylantirib hisoblash, buning uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi: Kub-namunaning quritilish muddati, kun 3 7 1 4 2 8 6 0 9 0 Qorishmaning mustahkamligi,% 3 3 5 5 8 0 1 00 1 20 1 30 Bu ma’lumotlar portlandsement, toshqolli portlandsement yoki pussolan portlandsement qо‘shilgan qorishmalarga ta’luqlidir. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling