Мавзу: Металлар технологияси асослари


Qorishmalarni tayyorlash va tashish


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Qorishmalarni tayyorlash va tashish 
Qurilish qorishmalari markazlashtirilgan tartibda beton-qorishma zavodlari 
yoki qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Obyekt yaqinda joylashgan 
mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalarda qorishmalar faqat ishlar hajmi kam 
bо‘lganda va markazlashtirilgan korxona uzoqda joylashganda tayyorlanadi. 
Qorishmalarni tayyorlash jarayoni dastlabki meteriallarni tayyorlash, ularni 
meyorlash va aralashtirishni о‘z ichiga oladi. 
Materiallarni tayyorlashda qorishmaga zararli aralashmalar tushishiga yо‘l 
qо‘ymaslik kerak. Qum tarkibida yirik aralashmalar (shag‘al, guvalachalar) 
bо‘lganda u oldindan elaklanadi. Ohak va loy xamiri bо‘lgan konsistensiyaga 
organik plastifikatorlar va himiyaviy qо‘shimchalar esa isitilgan suvda ish 
konsentratsiyali eritmalar hosil qilish uchun zarur bо‘lgan miqdorda eritiladi. 
Qorishmalarni tayyorlashda bog‘lovchi materiallar massasi bо‘yicha, qum va suv 
esa hajmi bо‘yicha dozalanadi. 
Qorishmalar 150, 375 va 750 l (46-rasm) sig‘imli vaqti-vaqti bilan 
ishlaydigan qorishma qorgichlarda tayyorlanadi. Materiallar qorishma qorgichga 
yuklangandan keyin og‘ir qorishmalarni aralashtirish 1-2 minut, organik 
plastifikatorli yengil qorishmalarni aralashtirilishi 4 minutgacha davom etadi. 
Hozirgi vaqtda plastik qorishmalardan tashqari tarkibi turlicha bо‘lgan 
(g‘isht terish, suvash va boshqalar) quruq qorishma aralashmalari maxsus 
qurilmalarda markazlashtirilgan ravishda tayyorlanadi. Ular odatda bevosita 
qurilish maydonchasida о‘rnatiladigan kichik hajmli qorishma qorgichlarda suv 
bilan qoriladi. 
Qurilish qorishmalari ishlatiladi-gan joyga 
maxsus uskunalangan avtotsister-nalarda yoki 
avtosamosvallarda tashiladi. 
Qurilishga keltirilgan qorishmaning har bir 
partiyasi pasport bilan ta’minlangan bо‘lishi 
kerak. Pasportda qorishma partiyasining nomi va 
raqami, uning hajmi, tayyorlangan sanasi
markasi, tarkibi, suriluvchanligi va suv ushlab 
qolish hususiyati kо‘rsatiladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling