Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-jadval Tosh devorlar va tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘iladigan binolarni qurish uchun qorishmalar tarkibi (hajmi bо‘yicha)
84 11-jadval Tosh devorlar va tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘iladigan binolarni qurish uchun qorishmalar tarkibi (hajmi bо‘yicha) Se ment markasi Qorishmalar uchun tarkiblar 200 150 100 75 50 Sement-ohakli qorishmalar 500 400 300 200 1:0,2:3 1:0,1:2,5 - - 1:0,3:4 1:0,2:3 1:0, 1:2,5 1:0,5:5,5 1:0,4:4,5 1:0,2:3,4 1:0,8:7 1:0,5:5,5 1:0,3:4 1:0,1:2,5 - 1:0,9:8 1:0,6:6 1:0,3:4 Sementli qorishmalar 500 400 300 200 1:3 1:2,5 - - 1:4 1:3 1:2,5 - 1:5,5 1:4,5 1:3 - 1:6 1:5,5 1:4 1:2,5 - 1:6 1:4 Sementli qorishmalarning plastikligini oshirish uchun ularning tarkibiga odatda sement massasi bо‘yicha 0,03-0,2% organik plastifikatorlar qо‘shiladi. Devorlarni panellar va yirik bloklardan tiklashda, qish sharoitlarida odatdagi g‘ishtdan terishda qorishmaning mustahkamlik bо‘yicha markasi loyihadagi tavsiyalarga muvofiq, shuningdek tashqi havo haroratini hisobga olib belgilanadi. Havoning kunlik о‘rtacha harorati- 3 0 S gacha bо‘lganda qorishma markasi yoz vaqtidagi markasining о‘zi qoldiriladi, - 4 dan 20 0 S gacha haroratda uning markasi bir daraja, - 20 0 S dan past haroratda ikki daraja oshiriladi. Devorlar g‘ishtdan muzlatish usulida terilganda qorishma harorati tashqi havo haroratiga bog‘liq bо‘ladi: Tashqi havo harorati, 0 S 10 gacha 11dan - 20 gacha 20 dan past Qorishma harorati, 0 S 10 15 20 Qorishmalarni issiq suv va isitilgan qum (ortig‘i bilan 60 0 S) ishlatib (kо‘pi bilan 80 0 S) isitilgan qorishma uzellarida tayyorlash lozim. Qorishmaning muzlash haroratini pasaytirish uchun uning tarkibiga qо‘shimcha - qorish suvi massasi bо‘yicha 5 % miqdorda natriy nitriti kiritish tavsiya qilinadi. Qorishma ish joyida qopqoqli isitilgan yashiklarda saqlanadi, havo harorati 10 0 S dan past bо‘lmaganda yashikning tagi va devorlari orqali trubkali elektr isitgichlar bilan isitiladi.Tutib qolgan yoki muzlagan qorishmani qaynoq suv bilan isitish va ishlatish ma’n etiladi. Yozgi sharoitlarda ham, qishki sharoitlarda ham kо‘p qavatli yirik panelli binolarni tiklashda sement-qum pasta muvaffaqiyatli 85 ishlatiladi. Pasta tarkibi 1:1 (portlandsement: mayda qum) tayyor quruq aralashmalardan bevosita qurilish maydonchalarida tayyorlanadi.Sement-qum pastasini tayyorlashda muzlashga qarshi plastifikatsiyalovchi qо‘shimcha sifatida natriy nitrit eritmasi kiritiladi. Sementqum pastaning yupqa qatlami 28 kunlik bо‘lganda 40 MPa gacha mustahkamlikka ega bо‘ladi va panellarni puxta biriktiradi. Tashqi harorat - 10 0 S gacha qishki sharoitlarda natriy nitriti sement massasi bо‘yicha 5 % miqdorida, -20 0 S gacha haroratda 10 % qо‘shiladi. Oxirgi holda sement-qum pasta 28 kundan keyin 10 MPa ga yaqin mustahkamlikka ega bо‘ladi. Bahorda musbat haroratda uning qotishi davom etadi va mustahkamligi 30-40 MPa ga yetadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling