81
Qorishma aralashmasining
suriluvchanligi deb uni tosh yuzasi bо‘ylab
yupqa qatlam bо‘lib oson yoyilishi va asosdagi barcha notekisliklarni tо‘ldirish
hususiyatiga aytiladi.
Qorishma aralashmasining suruluvchanlik darajasi uchining burchagi 30
0
va
balandligi 15 sm li massasi 300 gr standart konus yordamida (45-rasm) aniqlanadi.
Konus uchi bilan qorishma aralashmasiga botiriladi. Uning bо‘rtish
chuqurligi
qancha katta bо‘lsa, qorishma aralashmasining suriluvchanligi shunchalik yuqori
bо‘ladi. Suriluvchanlik kо‘rsatgichi sifatida konusni botish chuqurligi (sm
hisobida) qabul qilinadi.
Aralashmaning suriluvchanlik darajasi qorish suvi miqdoriga,
dastlabki
material-larning tarkibi va xossalariga bog‘liq
bо‘ladi.
Qorishma aralashmalarining
suriluvchanligini oshirish uchun ularning tarkibiga
plastifika-siyalovchi
mineral
qо‘shilmalar,
shuningdek yuza-faol moddalar kiritiladi.
Plastifika-siyalovchi
qо‘shimchalar
suv
va
sementni
kam
sarflagan
holda
qorishma
aralashmasining talab etilgan suriluvchanligiga
erishishga, ya’ni mustahkamligi
katta
qorishmalar
olishga
yoki
sementni
tejashga imkon beradi.
Yozgi va qishki sharoitlarda aralash-maning
ish suriluvchanligi uning vazifasiga va devor
materialining turiga qarab qabul qilinadi.
Suv saqlab qolish hususiyati deb, qorishma
aralashmasining uni g‘ovakli asosga yotqizganda
suvni saqlab qolish
va tashish jarayonida
qatlamlanmaslik xossasiga ayti-ladi. Qorishma aralashmasi yaxshi suv saqlab
qolish hususiyatiga ega bо‘lgan holda suvning qisman sо‘rib olinishi qurishda
qorishma aralashmasini zichlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: