O’quv moduli birliklari
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning aniqlashtirilgan maqsadi
- Tayanch so’z va iboralar
(4-soat) O’quv moduli birliklari: 1. Qurilishbop qorishmalarning turlari, sinflari. 2. Qorishma aralashmalarining xossalari, oson yotqizuvchanligi, suriluvchanligi, suv saqlab qolish hususiyatlari. 3. Qurilish qorishmalarining xossalari, mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi. 4. g’isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar yig’iladigan binolarni o’rnatish uchun qorishmalar. 5. Pardozlash qorishmalari. 6. Maxsus qorishmalar. 7. Qorishmalarni tayyorlash va tashish. 8. Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bo’ladigan materiallar miqdorini aniqlash Darsning aniqlashtirilgan maqsadi Bu mavzuni o’zlashtirgandan so’ng talabalar: 1. Qurilish qorishmasi turlarini biladi 2. Qurilish qorishmasini tayyorlash va ishlatilish sohalarini biladi. 3. Qurilish qorishmasi uchun ketadigan materiallarni biladi. 4. Qurilish qorishmasi xossalarini aniqlay oladi. Tayanch so’z va iboralar: Qurilish qorishmasi; g’isht-tosh terish, suvoq va maxsus qurilish qorishmalari; aralash qorishmalari; kimyoviy qo’shilmalar; yotqiziluvchanligi, suriluvchanlik darajasi, suvni ushlab turish qobiliyati; mustaxkamlik va sovuqqa chidamlilik. 1-§. Qurilishbop qorishmalarning turlari, sinflari Qurilishbop qorishma deb, bog’lovchi moddalar, suv, mayda to’ldirgich (qum) va zarur bo’lgan hollarda turli qo’shimchalar (mineral, yuza-faol, kimyoviy va boshqa qo’shilmalar) ning to’g’ri tanlangan aralashmasining qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialga aytiladi. Bu materiallarning qotishga qadar aralashmasi q orishma aralashmasi deb ataladi. O’zining tarkibiga ko’ra qurilish qorishmasi mayda donador beton hisoblanadi va u betonga xos bo’lgan qonuniyatlarga asosan qotish xususiyatiga egadir. Qurilish qorishmalari xilma-xilligi bilan ajralib turadi, zichligi, bog’lovchining turi va vazifasiga qarab guruxlarga bo’linishi mumkin. Quruq holatdagi zichligiga ko’ra qorishmalar zichligi 1500 kgG’m 3 va bundan ortiq og’ir (ularni tayyorlash uchun og’ir kvarts yoki boshqa qumlar ishlatiladi) hamda zichligi 1500 kgG’m 3 dan kichik bo’lgan engil (pemzadan, tufdan, shlaklar, keramzit va boshqa engil materiallardan tayyorlangan engil g’ovak qumlar ularning to’ldirgichlari hisoblanadi) qorishmalarga bo’linadi. Bog’lovchi modda turiga ko’ra qurilish qorishmalari tsementli (portlndtsement yoki uning xillari): ohakli (havoda quritilgan yoki gidravlik - ohaklar): gipsli (gipsli bog’lovchi moddalar - qurilish gipsi, angidritli bog’lovchilar asosida): aralash (tsement - ohakli, tsement-loyli, ohak- gipsli bog’lovchi asosida) qorishmalarga bo’linadi. Bitta bog’lovchi asosida tayyorlangan qorishmalar oddiy, bir nechta bog’lovchilardan tayyorlangan qorishmalar aralash yoki murakkab qorishma deb ataladi. Bog’lovchilar qorishmaning vazifasi, unga qo’yiladigan talablar, qotish harorati - namlik rejimi hamda bino va inshootlardan foydalanish sharoitlariga qarab tanlanadi. Vazifasiga ko’ra qurilish qorishmalari g’isht-tosh terish va yirik o’lchamli elementlardan devorlarni o’rnatuv qilish uchun ishlatiladigan terish; suvash, devor bloklari va panellariga manzarali qatlam qoplash uchun foydalaniladigan pardozlash; alohida xususiyatlarga ega bo’lgan (namdan himoyalash, akustik, rentgen nuridan himoyalaydigan va hokazo) maxsus qorishmalarga bo’linadi. Oddiy qorishmalar uchun portlandtsementlar, putstsolanli portlandtsementlar, shlakoportlandtsementlar va maxsus past markali tsementlar, masalan, 200 markali qumli portlandtsement, shuningdek ohak va gips bog’lovchi bo’lib xizmat qiladi. Gidravlik bog’lovchilarni tejash va qurilish qorishmalarining texnologik xossalarini yaxshilash uchun aralash bog’lovchilar keng qo’llaniladi. Ohak qurilish qorishmalarida ohak xamiri yoki suti ko’rinishida ishlatiladi. Gipsdan asosan suvoq qorishmalarida ohakka qo’shimcha sifatida foydalaniladi. Qorishmalar qoriladigan suv tarkibida bog’lovchi moddani qotishiga zararli ta’sir ko’rsatadigan aralashmalar bo’lmasligi kerak. Qorishmalarni qorish uchun quvur suvi yaroqli hisoblanadi. Og’ir qurilish qorishmalari uchun mayda to’ldirgich sifatida tabiiy qumlar va dala shpati, tabiiy qumlar, shuningdek zich tog’ jinslarini maydalab olingan qumlar, engil qorishmalar uchun pemza, tuf, shlak qumlari ishlatiladi. Qum donasining eng katta o’lchami 2,5 mm dan katta bo’lmasligi kerak. Qum tarkibida loyqalanish bilan aniqlanadigan loy, balchiq va changsimon zarrachalar 10 % dan ortiq bo’lmasligi kerak. Shu vaqtning o’zida, agar qum tarkibida organik aralashmalar bo’lmasa, u terish qorishmalari uchun yaroqli deb topiladi. Qorishma aralashmalarining qulay to’shalishi uchun ular tarkibiga plastifikatsiyalovchi qo’shimchalar kiritiladi. Tsement va ohak qorishmalarida mineral plastifikatsiyalovchi qo’shimcha sifatida loy suti yoki mayda tuyilgan kukun ko’rinishidagi loydan foydalaniladi. Bundan tashqari qorishmalarga shu maqsadlarning o’zida mayda tuyilgan gidravlik qo’shimchalar - trepel, vulqon kuli va boshqalar kiritiladi. Organik plastifikatorlar sifatida SDB, sovunli suv (PMSh), milonaft va boshqalar qo’llaniladi. Qishki sharoitlarda qo’llash uchun mo’ljallangan qorishmalar tarkibiga qotishni tezlatgichlar, shuningdek suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qo’shimchalar (kaltsiy xloridi, natriy xloridi, potash, natriy nitrati va boshqalar) kiritiladi. Download 128.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling