O’quv moduli birliklari
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzara berish qorishmalariga bo’linadi. Ishlatilish sohasiga qarab suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bo’linadi. Suvoq qorishmalari tsementlar, tsement-ohak, ohak, ohak-gips va gips bog’lovchilar asosida tayyorlanadi. Suvoq qorishmalarining tarkibi ularning vazifalari va binolardan foydalanish sharoitlariga qarab belgilanadi. Suvoq qorishmalari zarur darajada suriluvchan bo’lishi, asos bilan yaxshi bog’lanishi va suvoqda darzlar bo’lmasligi kerak. Suvoq qorishmalarining suriluvchanligi standart konusni botirish chuqurligi bilan aniqlanadi va suvoq qatlami uchun ishlatiladigan qumning yirikligi turlicha bo’ladi. Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda tayyorlash qatlami uchun qorishma suriluvchanligi 6- 10 sm ni, qo’l bilan suvashda esa 8-12 sm ni tashkil qiladi. Bunda eng yirik qum 2,5 mm dan katta bo’lmasligi kerak. Pardozlash qatlami qorishmalarining suriluvchanligi odatda 8-12 sm bo’ladi. Ular eng yirik donasi 1,25 mm bo’lgan mayda qumdan tayyorlanadi. Xonalar havosining nisbiy namligi 60 % gacha bo’lganda binolar ichki devorlari va oraliq yopmalarini suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va tsement-ohakli qorishmalardan foydalaniladi. Binolarning tashqi devorlarini suvash uchun tsement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Devorlarning muntazam ravishda namlanadigan poypeshlari, belbog’lari, karnizlar va boshqa uchastkalarining tashqi yuzalarini suvash uchun portlandtsemet asosida tayyorlanadigan tsement va tsement ohakli qorishmalar ishlatiladi. Manzarali rangli qorishmalar devor panellari va yirik bloklarning sirtqi yuzalarini zavodning o’zida pardozlash uchun, shuningdek bino fasadlarini pardozlash va jamoat binolari ichini pardozlash uchun mo’ljallangan. Manzarali qorimalarda bog’lovchi sifatida oq, rangli va odatdagi portlandtsementlar, binolar ichini rangdor qilib suvash uchun esa ohak va gips ishlatiladi. Toza kvarts qum va granit, marmar, harsangtosh, ohaktosh va boshqa rangli va oq tog’ jinslarini maydalab olingan qum rangli dekorativ qorishmalarda to’ldiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Pardozlash qatlami qorishmasining tarkibiga uncha katta bo’lmagan miqdorda slyuda, vermikulit yoki maydalangan shisha kiritiladi. Bo’yovchilar sifatida ishqorga chidamli va yorug’ga chidamli tabiiy va sun’iy pigmentlar (temirli surik, oxra, mo’miyo ul’tramarin va boshqalar) ishlatiladi. Devor panellari va yirik devor bloklarining o’ng yuzalarini pardozlash, shuningdek binolar fasadini suvash uchun ishlatiladigan manzarali qorishmalar temir-beton panellarni pardozlash uchun siqilishga mustahkamligi bo’yicha kamida 150 markaga va engil betonlardan tayyolangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarini suvash uchun 50 markaga ega bo’lishlari kerak. Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamlilik markasi kamida SCh 35 bo’lishi kerak. Qorishmalarning suv shimib olishi 8 % dan oshmasligi kerak. Download 128.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling