O’quv moduli birliklari
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorishma aralashmalarining xossalari.
2-§. Qorishma aralashmalarining xossalari, oson yotqizuvchanligi, suriluvchanligi, suv saqlab qolish hususiyatlari Qurilish qorishmalari mayda donali beton hisoblanadi, shu sababli betonlarga o’xshash qurilish qorishmalarning xossalarini o’rganishdan oldin endigina tayyorlangan qorishma aralashmalarning xossalarini ko’rib chiqish lozim. Qorishma aralashmalarining xossalari. Qorishma aralashmalarining asosiy xossasi uning oson yotqizuvchanlagidir. Oson yotqizuvchanlik deganda qorishmaning yuzada bir jinsligi yupqa qatlam bo’lib qo’yilish hususiyati tushuniladi. Aralashmalarning asosan yotqiziluvchanligi ularning suriluvchanlik darajasiga va suvni saqlab turish hususiyatiga bog’liq bo’ladi. Qorishma aralashmasining suriluvchanligi deb uni tosh yuzasi bo’ylab yupqa qatlam bo’lib oson yoyilishi va asosdagi barcha notekisliklarni to’ldirish hususiyatiga aytiladi. Qorishma aralashmasining suruluvchanlik darajasi uchining burchagi 30 0 va balandligi 15 sm li massasi 300 gr standart konus yordamida (45-rasm) aniqlanadi. Konus uchi bilan qorishma aralashmasiga botiriladi. Uning bo’rtish chuqurligi qancha katta bo’lsa, qorishma aralashmasining suriluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Suriluvchanlik ko’rsatgichi sifatida konusni botish chuqurligi (sm hisobida) qabul qilinadi. Aralashmaning suriluvchanlik darajasi qorish suvi miqdoriga, dastlabki material-larning tarkibi va xossalariga bog’liq bo’ladi. Qorishma aralashmalarining suriluvchanligini oshirish uchun ularning tarkibiga plastifika-tsiyalovchi mineral qo’shilmalar, shuningdek yuza-faol moddalar kiritiladi. Plastifika-tsiyalovchi qo’shimchalar suv va tsementni kam sarflagan holda qorishma aralashmasining talab etilgan suriluvchanligiga erishishga, ya’ni mustahkamligi katta qorishmalar olishga yoki tsementni tejashga imkon beradi. Yozgi va qishki sharoitlarda aralash-maning ish suriluvchanligi uning vazifasiga va devor materialining turiga qarab qabul qilinadi. Suv saqlab qolish hususiyati deb, qorishma aralashmasining uni g’ovakli asosga yotqizganda suvni saqlab qolish va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga ayti-ladi. Qorishma aralashmasi yaxshi suv saqlab qolish hususiyatiga ega bo’lgan holda suvning qisman so’rib olinishi qurishda qorishma aralashmasini zichlaydi, bu esa qorishma mustahkamligini oshiradi. Tsement sarfi osh-ganda, tsementning bir qismi ohakka almashtirilganda, yuqori dispers qo’shimchalar (kullar, loylar va boshqalar) shuningdek ba’zi bir yuza faol moddalar kiritilganda bu hususiyat ortadi. Download 128.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling