O’quv moduli birliklari


Download 128.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana09.06.2023
Hajmi128.38 Kb.
#1469937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси

6-§. 
Maxsus qorishmalar 
Qurilishda ishlatiladigan maxsus qorishmalarga namdan himoyalash, in’ektsion, akustik 
va rentgen nuridan himoyalovchi qorishmalar kiradi. 
Namdan himoyalash qorishmalaridan suyuq mahsulotlar uchun mo’ljallangan har xil 
sig’imlarning yuzalarini pardozlash, erto’la devorlari va boshqalarni pardozlashda foydalaniladi. 
Ular portlandtsement, sulfatga chidamli portlandtsement va suv o’tkazmaydigan kengayuvchi 
tsement asosida tayyorlanadi. Namdan himoyalash suvoq uchun qorishmalarning taxminiy 
tarkibi 1:2,5 yoki 1:3,5 (tsement:qum massasi bo’yicha). Bu qorishmalarning suv 
o’tkazmovchanligini oshirish uchun tayyorlash jarayonida ularning tarkibiga har xil zichlovchi 
qo’shimchalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, lateks va boshqalar) kiritiladi.
In’ektsion qorishmalar oldindan taranglangan qurilmalarda armaturani zanglashdan 
himoyalash maqsadida kanallarni to’ldirish uchun xizmat qiladilar. Ular mayda qum asosida 
tayyorlangan tsement-qum qorishmasi ko’rinishida yoki tsement xamiri ko’rinishida bo’lishlari 
mumkin. Bog’lovchi sifatida 400 markali va undan yuqori portlandtsementdan foydalaniladi. 
Ularning sarfi 1 m tsement-qum qorishmasi uchun 1100-1400 kg va 1 mm tsement xamiri uchun 
1300-1600 kg bo’lishi kerak. In’ektsion qorishma markasi kamida 300 bo’lishi kerak. Qorishma 
aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun uning tarkibiga sirt- faol moddalardan (SDB 
va milonaft) tsement massasi bo’yicha ortig’i bilan 0,2 % miqdorda qo’shiladi.
Akustik qorishmalar tovush yutuvchi suvoqlar hosil qilish uchun ishlatiladi. 
Bog’lovchilar sifatida portlandtsement, shlakoportlandtsement, ohak, gips yoki ularning 
aralashmasidan foydalaniladi. G’ovakli engil materiallardan: pemza, perlit, keramzit va 
boshqalardan tayyorlangan 3-5 mm yiriklikdagi bitta fraktsiyali qumlar to’ldirgichlar bo’lib 
xizmat qiladi. Bog’lovchi miqdori va to’ldirgichning donador tarkibi akustik qorishmalarda 
qorishmalarning tutashmagan ochiq g’ovakliligini va 600-1200 kgG’m
3
zichlikni ta’minlashi 
kerak.
Rentgen nurlaridan himoyalaydigan qorishmalar bilan rentgen xonalarining devorlari va 
shiplari suvaladi. Ular porlandtsement yoki shlakoporlandtsementdan va donalari ortig’i bilan 
1,25 mm bo’lgan barit qumdan tayyorlanadi. Himoyalash xossalarini oshirish uchun ularning 
tarkibida engil elementlar: liti, kadmiy va boshqalar bo’lgan moddalar kiritish tavsiya qilinadi. 
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalarning zichligi odatda 2200 kgG’m
3
dan ortiq 
bo’lmaydi. 

Download 128.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling