O’quv moduli birliklari
partiyasi pasport bilan ta’minlangan bo’lishi kerak
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
partiyasi pasport bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Pasportda qorishma partiyasining nomi va raqami, uning hajmi, tayyorlangan sanasi, markasi, tarkibi, suriluvchanligi va suv ushlab qolish hususiyati ko’rsatiladi. 8-§. Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf bo’ladigan materiallar miqdorini aniqlash Murakkab qurilish qorishmasi tarkibini tanlash deganda, qorishma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan materiallar (tsement, mineral va sirtqi-faol qo’yimchalar, suv hamda qum) ning o’zaro nisbatini to’g’ri tanlash tushuniladi. Nisbatlar to’g’ri tanlansa, talab qilinadigan darajada yoyiluvchan va belgilangan muddatda zarur mustahkamlikka erishadigan qorishma hosil bo’ladi. Murakkab qorishmaning tarkibi odatda uning talab qilingan markasiga, tsementning faolligi va qorishmaning yoyiluvchanlik darajasiga qarab tanlanadi. Dastlab qorishmaning taxminiy tarkibi hisoblab chiqariladi, so’ngra namuna-qorishma tayyorlash yo’li bilan suv sarfi aniqlanadi. Murakkab qorishmaning tarkibini hisoblash. Murakkab qorishmaning tarkibini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarni bilish kerak: qorishmaning markasi R qor , yoyiluvchanlik darajasi, tsementning faollik darajasi R ts , to’kma zichligi t , mineral qo’shimchaning turi, mineral qo’shimcha xamirining zichligi. Dastlab zarur markada qorishma hosil qilish uchun 1 m 3 qumga qancha tsement qo’shish kerakligi hisoblab chiqariladi, so’ngra qorishma qolipiga qulay joylashadigan va qatlamlanmaydigan bo’lishi uchun unga qancha mineral qo’shimcha qo’shish kerakligi (ohak yoki gil hamirining miqdori), taxminiy suv sarfi aniqlanadi. 46-расм. Стационар қоришма қоргич. 1 m 3 qumga aralashtiriladigan to’kma-bo’sh holatdagi tsement sarfi (kg) quyidagi ifoda yordamida topiladi: ; 1000 ц кор ц КR R Q bu erda R kor -qorishmaning belgilangan markasi, 0,1 MPa; R ts - DAST ga muvofiq, plastik qorishmadan tayyorlangan namunalarni sinashda tsementning faolligi (qorishmaga portlandtsement ishlatilganda Kq1; qorishmaga putstsolan tsement yoki toshqolli portlandtsement ishlatilganda Kq0,88). 1 m 3 qumga sarflanadigan tsement, m 3 ; / ц ц Q V . bu erda t – to’kilgan-bo’sh holatdagi tsementning zichligi, kgG’m 3 ; t q 1100 kgG’m 3 ; deb qabul qilinadi. 1 m 3 qumga sarflanadigan ohak yoki gil xamiri massasi, kg; уш к куш куш V Q 1 m 3 qumga sarflanadigan ohak yoki gil xamiri hajmi, m 3 : ). 02 , 0 1 ( 17 , 0 ц куш Q V Ohak xamirining zichligi 1400 kgG’m 3 , 5% qum aralash plastik loy (gil xamiri) ning zichligi - 1300 kgG’m 3 , 15% gacha qum aralashgan o’rtacha plastik loyning zichligi esa 1450 kgG’m 3 deb qabul qilinadi. Amalda ohak suti ishlatiladi, uni nasos yordamida osonlikcha quyish mumkin. Ohak suti me’yorini shunday belgilash kerakki, undagi (zichligi 1200 kgG’m 3 ) ohak miqdori 25 % ni tashkil etsin. Murakkab qorishma tarkibidagi materiallarning hajmiy nisbatini aniqlash uchun har bir material sarfini tsement hajmiga taqsimlash kerak: ц ц куш ц ц куш ц ц V V V V V V V V 1 : : 1 1 : : Zarur darajada yoyiluvchan qorishma hosil bo’lishi uchun har 1 m 3 qumga qo’shilaodigan taxminiy suv miqdori: ); ( 5 , 0 . куш ц ц Q Q C bu erda Q ts va Q qo’sh - 1 m 3 qumga to’g’ri keladigan tsement, ohak yoki loy (gil) sarfi, kg; t - anorganik qo’shimchaning zichligi, kgG’l. Hisoblab chiqarilgan suv sarfiga namuna-qorishma tayyorlash yo’li bilan aniqlik kiritiladi. Namuna-qorishma tayyorlash. Qorishma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan materiallar sarfi yuqorida ko’rsatilgan ifodalar yordamida hisoblab chiqarilgandan so’ng 5 l hajmida namuna-qorishma tayyorlanadi. Buning uchun talab qilinadigan materillar yuqoridagi hisoblarga asoslanib, torozida alohida-alohida tortiladi. Tog’aradagi qumga tsement qo’shilib, kurakcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi, so’ngra unga ohak xamiri (yoki loy) qo’shiladi, yaxshilab qorishtirilganidan keyin zarur miqdorda suv quyiladi va aralashma 3-5 minut davomida kavlab turiladi. Qorishmaning yoyiluvchanligiga standart konusning cho’kish darajasiga qarab baho beriladi. Konusning haqiqiy cho’kish darajasi belgilangan me’yordan farq qilsa, qorishmaning tarkibi keragicha o’zgartiriladi. Masalan, beton konus belgilangan darajadan ko’p cho’ksa, qorishmada qum miqdorini namunaga sarflangan qum miqdorining 5-10 %iga, konus belgilangan darajadan kam cho’ksa, suv miqdorini namunaga sariflangan suv miqdorining 5-10 %iga ko’paytirish kerak; shu tarzda hosil qilingan qorishma 5 minut davomida aralashtirilgandan keyin yoyiluvchanligi yana tekshiriladi, zarur bo’lsa, qorishma tarkibiga yana o’zgartish kiritiladi, talab qilingan darajada yoyiluvchan qorishma hosil bo’lgunga qadar uning tarkibi shu tarzda o’zgartirilaveradi. Ko’ngildagidek qorishma hosil bo’lgach, undan 70,7 70,7 70,7 mm o’lchamli kub namunalar tayyorlanadi. 28 kun quritilgan kub-namunalarni sinash natijalariga asoslanib, qorishmaning markasi va uning loyihalangan markaga mosligi aniqlanadi. 28 kunlik kub-namuna o’rniga 7 yoki 14 kunlik namunani sinovdan o’tkazsa ham bo’ladi. Bu holda olingan natijalarni 28 kunlik kub-namunaning markasiga aylantirib hisoblash, buning uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi: Kub-namunaning quritilish muddati, kun 3 7 14 28 60 90 Qorishmaning mustahkamligi,% 33 55 80 100 120 130 Bu ma’lumotlar portlandtsement, toshqolli portlandtsement yoki putstsolan portlandtsement qo’shilgan qorishmalarga ta’luqlidir. Download 128.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling