O’quv moduli birliklari
-jadval. Tosh devorlar va tayyor temir-beton qurilmalardan yig’iladigan binolarni
Download 128.38 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза. Қурилиш қоришмаси
11-jadval. Tosh devorlar va tayyor temir-beton qurilmalardan yig’iladigan binolarni
qurish uchun qorishmalar tarkibi (hajmi bo’yicha) Tsement markasi Qorishmalar uchun tarkiblar 200 150 100 75 50 Tsement-ohakli qorishmalar 500 400 300 200 1:0,2:3 1:0,1:2,5 - - 1:0,3:4 1:0,2:3 1:0,1:2,5 1:0,5:5,5 1:0,4:4,5 1:0,2:3,4 1:0,8:7 1:0,5:5,5 1:0,3:4 1:0,1:2,5 - 1:0,9:8 1:0,6:6 1:0,3:4 Tsementli qorishmalar 500 400 1:3 1:2,5 1:4 1:3 1:5,5 1:4,5 1:6 1:5,5 - - 300 200 - - 1:2,5 - 1:3 - 1:4 1:2,5 1:6 1:4 Tsementli qorishmalarning plastikligini oshirish uchun ularning tarkibiga odatda tsement massasi bo’yicha 0,03-0,2% organik plastifikatorlar qo’shiladi. Devorlarni panellar va yirik bloklardan tiklashda, qish sharoitlarida odatdagi g’ishtdan terishda qorishmaning mustahkamlik bo’yicha markasi loyihadagi tavsiyalarga muvofiq, shuningdek tashqi havo haroratini hisobga olib belgilanadi. Havoning kunlik o’rtacha harorati- 3 0 S gacha bo’lganda qorishma markasi yoz vaqtidagi markasining o’zi qoldiriladi, - 4 dan 20 0 S gacha haroratda uning markasi bir daraja, - 20 0 S dan past haroratda ikki daraja oshiriladi. Devorlar g’ishtdan muzlash mumkin bulgan sharoitida terilganda qorishma harorati tashqi havo haroratiga bog’liq bo’ladi: Tashqi havo harorati, 0 S 10 gacha 11dan - 20 gacha 20 dan past Qorishma harorati, 0 S 10 15 20 Qorishmalarni issiq suv va isitilgan qum (ortig’i bilan 60 0 S) ishlatib (ko’pi bilan 80 0 S) isitilgan qorishma uzellarida tayyorlash lozim. Qorishmaning muzlash haroratini pasaytirish uchun uning tarkibiga qo’shimcha - qorish suvi massasi bo’yicha 5 % miqdorda natriy nitriti kiritish tavsiya qilinadi. Qorishma ish joyida qopqoqli isitilgan yashiklarda saqlanadi, havo harorati 10 0 S dan past bo’lmaganda yashikning tagi va devorlari orqali trubkali elektr isitgichlar bilan isitiladi.Tutib qolgan yoki muzlagan qorishmani qaynoq suv bilan isitish va ishlatish ma’n etiladi. Yozgi sharoitlarda ham, qishki sharoitlarda ham ko’p qavatli yirik panelli binolarni tiklashda tsement- qum pasta muvaffaqiyatli ishlatiladi. Pasta tarkibi 1:1 (portlandtsement: mayda qum) tayyor quruq aralashmalardan bevosita qurilish maydonchalarida tayyorlanadi.Tsement-qum pastasini tayyorlashda muzlashga qarshi plastifikatsiyalovchi qo’shimcha sifatida natriy nitrit eritmasi kiritiladi. Tsement-qum pastaning yupqa qatlami 28 kunlik bo’lganda 40 MPa gacha mustahkamlikka ega bo’ladi va panellarni puxta biriktiradi. Tashqi harorat - 10 0 S gacha qishki sharoitlarda natriy nitriti tsement massasi bo’yicha 5 % miqdorida, -20 0 S gacha haroratda 10 % qo’shiladi. Oxirgi holda tsement-qum pasta 28 kundan keyin 10 MPa ga yaqin mustahkamlikka ega bo’ladi. Bahorda musbat haroratda uning qotishi davom etadi va mustahkamligi 30-40 MPa ga etadi. 5-§. Pardozlash qorishmalari Download 128.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling