82
Qurilish qorishmalarining xossalari,mustahkamligi va sovuqqa
chidamligi
Qurilish qorishmalarining asosiy xossalari mustahkamlik va sovuqqa
chidamlilikdir.
Qotgan
qorishmaning mustahkamligi bog‘lovchining faolligiga, suv-sement
nisbatiga, qotish muddati va sharoitlariga (atrofdagi
muhitning namligi va
harorati)bog‘liqdir. Qorishma aralashmalari suvni jadal sо‘rib olish hususiyatiga
ega bо‘lgan g‘ovakli asosga yotqizilganda, qotgan qorishmalarning mustahkamligi
zich asosga yotqizilgan shu qorishmalarning mustahkamligidan ancha yuqori
bо‘ladi.
Qorishma mustahkamligi uning markasi bilan xarakterlanadi. Qorishma
markasi 70,7x70, 7x70,7mm о‘lchamli kublar yoki 40x40x160mm о‘lchamli
tо‘sinchalar kо‘rinishidagi namunalarning siqilishga mustahkamlik chegarasi
bо‘yicha belgilanadi. Namunalar qorishma aralashmasi 15-25
0
S da 28 kun
qotgandan keyin tayyorlanadi. Qurilish qorishmalariuchun quyidagi markalar
nazarda tutilgan: 4,10,25,50,75,100,150,200 va 300.
Meyoriy sharoitlarda bо‘lganda qorishmalar beton kabi qotish
va uzoq vaqt
ichida mustahkamligini oshirish hususiyatiga ega. Masalan, 7 kunlik qorimaning
о‘rtacha mustahkamligi marka mustahkamligining 40-50 %ini, 14 kunlikniki 60-70
%, 60 kunlikniki 120 % va 90 kunlikniki 130 %ni tashkil qiladi. Agar sement va
aralash qorishmalar 15
0
S dan
farqlanadigan haroratda qotsa, u holda bu
qorishmalarning nisbiy mustahkamligi maxsus jadvallardan tanlanadi.
Shlakoportlandsement pussolanli portlandsement asosida tayyorlangan
qorishmalar ishlatishda 10
0
S dan past haroratda
ular mustahkamligini orta
borishining keskin sekinlashishini, 0
0
S dan past haroratda esa ularning qotishi
amalda tо‘xtashini hisobga olish lozim.
Qotgan qorishmaning
sovuqqa chidamliligi quyidagi markalar bilan
xarakterlanadi:SCH 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200 va 300. Talab etilgan
qorishma markasi hisoblab va tarkibini tanlab olinadi.
Qorishmaning sovuqqa
chidamliligi namunakublarni muzlatish kameralarida sinash yо‘li bilan tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: