Мавзу: Металлар технологияси асослари


  G‘isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

4. 
G‘isht -tosh terish va butunlay tayyor temir-beton qurilmalar 
yig‘iladigan binolarni о‘rnatish uchun qorishmalar. 
5. 
Pardozlash va maxsus qorishmalar. 
6. 
Qorishmalarni tayyorlash va tashish. 
7. 
Murakkab qorishma tarkibini hisoblash, qorishmaga sarf 
bо‘ladigan materiallar miqdorini aniqlash 

Tayanch sо‘z va iboralar: Qurilish qorishmasi; g‘isht-tosh terish, suvoq va 
maxsus qurilish qorishmalari; aralash qorishmalari; kimyoviy qо‘shilmalar; 
yotqiziluvchanligi, suriluvchanlik darajasi, suvni ushlab turish qobiliyati; 
mustaxkamlik va sovuqqa chidamlilik. 
Qurilishbop qorishma deb, bog‘lovchi moddalar, suv, mayda tо‘ldirgich 
(qum) va zarur bо‘lgan hollarda turli qо‘shimchalar (mineral, yuza-faol, kimyoviy 
va boshqa qо‘shilmalar) ning tо‘g‘ri tanlangan aralashmasining qotishi natijasida 
olingan sun’iy tosh materialga aytiladi. Bu materiallarning qotishga qadar 
aralashmasi qarishma aralashmasi deb ataladi. 
О‘zining tarkibiga kо‘ra qurilish qorishmasi mayda donador beton 
hisoblanadi va u betonga xos bо‘lgan qonuniyatlarga asosan qotish xususiyatiga 
egadir. 
Qurilish 
qorishmalari 
xilma-xilligi 
bilan 
ajralib 
turadi, 
zichligi, 
bog‘lovchining turi va vazifasiga qarab guruxlarga bо‘linishi mumkin. 
Quruq holatdagi zichligiga kо‘ra qorishmalar zichligi 1500 kgG‘m
3
va
bundan ortiq og‘ir (ularni tayyorlash uchun og‘ir kvars yoki boshqa qumlar 
ishlatiladi) hamda zichligi 1500 kg/m

dan kichik bо‘lgan yengil (pemzadan, 
tufdan, shlaklar, keramzit va boshqa yengil materiallardan tayyorlangan yengil 
g‘ovak qumlar ularning tо‘ldirgichlari hisoblanadi) qorishmalarga bо‘linadi. 
Bog‘lovchi modda turiga kо‘ra qurilish qorishmalari sementli 
(portlndsement yoki uning xillari): ohakli (havoda quritilgan yoki gidravlik - 
ohaklar): gipsli (gipsli bog‘lovchi moddalar - qurilish gipsi, angidritli 
bog‘lovchilar asosida): aralash (sement ohakli, sement-loyli, ohak-gipsli 
bog‘lovchi asosida) qorishmalarga bо‘linadi. 
Bitta bog‘lovchi asosida tayyorlangan qorishmalar oddiy, bir nechta 
bog‘lovchilardan tayyorlangan qorishmalar aralash yoki murakkab qorishma deb 
ataladi. 
Bog‘lovchilar qorishmaning vazifasi, unga qо‘yiladigan talablar, qotish 
harorati namlik rejimi hamda bino va inshootlardan foydalanish sharoitlariga qarab 
tanlanadi. 


80 
Vazifasiga kо‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish va yirik о‘lchamli 
elementlardan devorlarni о‘rnatuv qilish uchun ishlatiladigan terish; suvash, devor 
bloklari va panellariga manzarali qatlam qoplash uchun foydalaniladigan 
pardozlash; alohida xususiyatlarga ega bо‘lgan (namdan himoyalash, akustik, 
rentgen nuridan himoyalaydigan va hokazo) maxsus qorishmalarga bо‘linadi. 
Oddiy qorishmalar uchun portlandsementlar, pussolanli portlandsementlar, 
shlakoportlandsementlar va maxsus past markali sementlar, masalan, 200 markali 
qumli portlandsement, shuningdek ohak va gips bog‘lovchi bо‘lib xizmat qiladi. 
Gidravlik bog‘lovchilarni tejash va qurilish qorishmalarining texnologik 
xossalarini yaxshilash uchun aralash bog‘lovchilar keng qо‘llaniladi. 
Ohak qurilish qorishmalarida ohak xamiri yoki suti kо‘rinishida ishlatiladi. 
Gipsdan asosan suvoq qorishmalarida ohakka qо‘shimcha sifatida foydalaniladi. 
Qorishmalar qoriladigan suv tarkibida bog‘lovchi moddani qotishiga zararli 
ta’sir kо‘rsatadigan aralashmalar bо‘lmasligi kerak. Qorishmalarni qorish uchun
quvur suvi yaroqli hisoblanadi. 
Og‘ir qurilish qorishmalari uchun mayda tо‘ldirgich sifatida tabiiy qumlar va 
dala shpati, tabiiy qumlar, shuningdek zich tog‘ jinslarini maydalab olingan 
qumlar, yengil qorishmalar uchun pemza, tuf, shlak qumlari ishlatiladi. Qum 
donasining eng katta о‘lchami 2,5 mm dan katta bо‘lmasligi kerak. Qum tarkibida 
loyqalanish bilan aniqlanadigan loy, balchiq va changsimon zarrachalar 10 % dan 
ortiq bо‘lmasligi kerak. Shu vaqtning о‘zida, agar qum tarkibida organik 
aralashmalar bо‘lmasa, u terish qorishmalari uchun yaroqli deb topiladi. 
Qorishma aralashmalarining qulay tо‘shalishi uchun ular tarkibiga 
plastifikatsiyalovchi qо‘shimchalar kiritiladi. Sement va ohak qorishmalarida 
mineral plastifikatsiyalovchi qо‘shimcha sifatida loy suti yoki mayda tuyilgan 
kukun kо‘rinishidagi loydan foydalaniladi. Bundan tashqari qorishmalarga shu 
maqsadlarning о‘zida mayda tuyilgan gidravlik qо‘shimchalar - trepel, vulqon kuli 
va boshqalar kiritiladi. Organik plastifikatorlar sifatida SDB, sovunli suv (PMSH), 
milonaft va boshqalar qо‘llaniladi. 
Qishki sharoitlarda qо‘llash uchun mо‘ljallangan qorishmalar tarkibiga 
qotishni tezlatgichlar, shuningdek suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi 
qо‘shimchalar (kalsiy xloridi, natriy xloridi, potash, natriy nitrati va boshqalar) 
kiritiladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling