Мавзу: Металлар технологияси асослари
Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish usullari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasseta moslamasi
Temir-beton buyumlarni ishlab chiqarish usullari
Hozirgi kundagi yig‘ma temir-beton korxonalarida quyidagi ishlab chiqarish usullari qо‘llaniladi: stend, agregat-potok, konveyer va uzluksiz vibroprokat usullari va hokazo. 74 Kasseta moslamasi Stend usulida ishlab chiqarishda temir-beton buyumlar qо‘zg‘almas qoliplarda tayyorlanadi, texnologik mexanizmi va agregatlari esa postdan postga siljiydi va har qaysi postda tegishli operatsiyalar ketma-ket bajariladi. Temir-beton buyumlar yassi stendlar yoki matritsalarda tayyorlanadi. Qoliplangan qurilmalar ular qoliplanadigan joyda qotadi. Qotishi tezlashtirish uchun stend yoki matritsa korpusiga quvurlar joylanadi, ulardan issiq suv yoki bug‘ о‘tkaziladi, bundan tashqari, qurilmani elektr vositasida istishdan foydalaniladi. Stend usulida odatda yirik gabaritli buyumlar, masalan, og‘ir ustunli tо‘sinlar, fermalar, asosan, oldindan taranglangan armaturali kо‘prik qurilmalari qoliplanadi. Lekin bu usul katta ishlab chiqarish maydonlarini talab qiladi. Stend texnologiyasida katta mablag‘lar sarf qilmasdan qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish mumkinligi, shuningdek, ishlatiladigan asbob-uskunalarning soddaligi ijobiy hisoblanadi, shu sababli stend usulidan tajriba maydonlarida, shuningdek, zavod sharoitlarida foydalaniladi. Kasseta usuli - yirik panelli uysozlik uchun temir - beton buyumlari ishlab chiqarishda keng rivojlangan stend texnologiyasining sifati jihatidan yangi usuldir. Kasseta usulida ishlab chiqarishning asosiy xususiyati bir necha metall qoliplardan bо‘linmalardan (42-rasm) iborat statsionar kasseta moslamalarida buyumlarni tik qoliplash hisoblanadi. Har qaysi bо‘linmaga armatura sinchi joylanadi va keyin u beton qorishmasi bilan tо‘ldiriladi. Qorishma osma yoki chuqurlik titratkichlarida zichlanadi. Kasseta qoliplarda buyumlarni issiqlik vositasida ishlash uchun ularni issiqlik bо‘lmalarining devorlari orqali kontakt usulida isitishdan foydalanilgan. Bо‘lmalarga harorati 100 0 S ga yaqin bug‘ beriladi. Bu xilda issiqlik bilan ishlov berishning о‘ziga xos xususiyatlari - isitiladigan buyumni, havo muhitidan qariyb tо‘la izolyatsiyalanishi, shuningdek, beton bilan issiqlik tashigich orasida bug‘ almashinishni mustasnoligidir. Kasseta qoliplarda buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish rejimlari buyumlarda harorat 85-95 0 S gacha kо‘tarilishi bilan xarakterlanadi. Bu ishning umumiy davom etishi 6-10 soat. Issiqlik bilan ishlov berish tugagandan keyin kasseta qurilmasi bо‘linmalarining devorlari gidravlik domkratlar yordamida bir oz keriladi va buyum kо‘prik kran bilan bо‘lmadan chiqarib olinadi va sovutiladigan joyga yoki tayyor mahsulot omboriga olib boriladi. Kasseta usulida kо‘tarib turuvchi ichki devor panellari, yopmalar paneli, zinapoya marshlari va supalari, balkon plitalari va boshqa temir-beton buyumlar tayyorlanadi. Temir- beton buyumlar ishlab chiqarishning kasseta usuli oldin kо‘rib о‘tilgan usullarga nisbatan ancha yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydi, kichik 75 ishlab chiqarish maydonlarini kam talab etadi, bug‘ va elektr energiyasi kam sarflanadi. Potok-agregat usulida ishlab chiqarishda qoliplanadigan temir- beton buyumlr potok bо‘ylab bitta texnologik postdan boshqasiga transport vositalari yordamida siljitiladi. Ish xarakteriga muvofiq har qaysi postda statsionar uskunalar-kо‘pchilik hollarda alohida texnologik operatsiyalarni bajaradigan agregatlar о‘rnatiladi. Odatda potok liniyada qolipni olish, qoliplarni tayyorlash, armaturani yotqizish va taranglash, qoliplash, betonni tez qotirish, nazorat qilish va tayyor maxsulotni meyoriga yetkazish postlari mavjud. Turli postlarda ishlarni bajarish vaqti turlicha bо‘lib, 2-5 minutdan 6-10 soatgacha boradi. Barcha agregatlarni ish bilan bir tekis ta’minlash va texnologik davrning umumiy davomiyligini qisqartirish uchun operatsiyalar juda uzoq davom etadigan postlarni ikkitadan qilish nazarda tutiladi. Potok - agregat usuli bо‘yicha tashkil etilgan ishlab chiqarish uchun juda keng ishlab chiqarish maydonlari, kapital sarflar va vaqt talab etiladi. Potok- agregat usulining ijobiy hususiyatlari shundan iboratki, u nisbatan murakkab bо‘lmagan texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi, shuningdek, ishlab chiqarishning moslanuvchanligidir(asbob-uskunalarni qayta sozlash yо‘li bilan buyumlarning bitta turini tayyorlashdan boshqasini tayyorlashga о‘tishga imkon). Konveyer usulida ishlab chiqarishda taglik aravachalarda qoliplanadigan temirbeton buyumlar berilgan majburiy ritmli texnologik potok bо‘yicha siljiydi. Bu usul ishlab chiqarish jarayonini har biri alohida postda bajariladigan alohida operatsiyalarga maksimal bо‘lib-bо‘lib yuborilishi bilan xarakterlanadi. Postlar sonini va texnologik uskunalarni tanlashda ularda operatsiyalarning bajarilish davomiyligi iloji boricha bir xil bо‘lishiga intilish kerak. Harakat turiga qarab konveyerlar pulsatsiyalanadigan (aravachali) va uzluksiz (zanjirli) bо‘lishi mumkin. Pulsatsiyalanadigan konveyerda buyumlar bitta postdan boshqasiga qat’iy aniq vaqt oralig‘idan keyin suriladi. Bu vaqt oralig‘ida har bir postda bajarilishi kerak bо‘lgan operatsiyalar bajarilib tugatiladi. Uzluksiz konveyerda buyumlar bir postdan boshqasiga о‘zgarmas tezlikda о‘tadi. Postlar tо‘xtamasdan ishlaydigan uskunalar bilan jihozlangan. Konveyer barcha postlarga zarur bо‘lgan detal va yarim fabrikatlarni: armatura sinchlari, beton qorishmasi, qorishmalar, qoplash plitkalari va shunga о‘xshashlarni yetkazib beradi. Buyumlarni issiq nam bilan ishlash kameralari qoliplash liniyalariga parallel о‘rnatiladi. Uskunalar va taglik- aravachalarga juda kо‘p metall sarflanishi tufayli konveyer texnologiyasi buyumlarning uncha kо‘p bо‘lmagan turini chiqaradigan katta quvvatli zavodlarda tashkil etilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling