Мавзу: Металлар технологияси асослари


Sanoat binolari buyumlari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Sanoat binolari buyumlari
Sanoat binolari qurish uchun temir-beton 
buyumlar va qurilmalarning keng nomenklaturasidan foydalaniladi. 
Poydevorlar va sanoat binolarining yer osti qismlari poydevor bloklari, 
temir-beton qoziqoyoqlar, ustunlar о‘rnatiladigan maxsus poydevorlar tо‘sinlari va 
boshqalardan iborat bо‘ladi. 
Ustunlar о‘rnatiladigan poydevorlar (ba’zan boshmoqlar deb ham ataladi) 
tagining о‘lchami 2 m gacha va balandligi 1 m gacha qilib, M150-M300 markali 
betondan tayyorlanadi (37-rasm). Poydevor markaziga ustun о‘rnatish uchun 
chuqurcha bо‘ladi. Boshmoqlar payvand sinchlar bilan armaturalanadi. 
Poydevor tо‘sinlari odatdagi oldindan taranglangan armatura bilan M200-
M400 markali betondan kо‘ndalang kesimi trapetsiya yoki tavr shaklida qilib 
chiqariladi. Kesimining balandligi 400-600, tо‘sinlar uzunligi 4300 va 11960 mm. 
Bino sinchlari uchun buyumlar – ustunlar, kran osti tо‘sinlari, fermalar
tom tо‘sinlari va arkalardan iborat bо‘ladi. 
Binoning balandligiga qarab ustunlar yaxlit yoki panjarali qilib loyihalanadi. 
Ular M200-M500 markali betondan, kо‘ndalang kesimining о‘lchamlari 300x300 
dan 400x600 mm gacha va undan ortiq kvadrat, tо‘g‘ri burchak va tavr shaklida 
tayyorlanadi . Kranosti tо‘sinlarini tayanishi uchun chetki qator ustunlari bitta 
konsol bilan jihozlanadi. Ustunlar payvand sinchlar yoki oldindan taranglangan 
armatura bilan armaturalanadi. 


71 
Tom tо‘sinlari oldindan taranglangan armatura bilan M400-M500 markali 
betondan bir va ikki nishabli qilib kesimi tо‘g‘ri burchak, tavr va qо‘shtavr 
shaklida tayyorlanadi. Tо‘sinlarning uzunligi 6, 9, 12 va 18 m. 
M400-M600 markali betondan tayyorlangan ferma va arkalar quloch 18 va 
24 m tomlarning kо‘tarib turuvchi elementlari sifatida ishlatiladi. Fermalarning 
kesimlari trapetsiya, uchburchak yoki egri chiziqli segment shaklida bо‘lishi 
mumkin (40rasm). 
Qatordagi ustunlar orasidagi masofa 12 m bо‘lganda sanoat binolarida 
stropil fermalariga tayanch bо‘lib xizmat qiladigan 12 m uzunlikdagi stropilosti 
fermalaridan foydalaniladi. 
Temir-beton arkalar bilan qulochi 100 m va undan ortiq bо‘lgan binolar 
yopiladi. Arkalar yaxlit yoki panjarasimon devorli qilib tayyorlanadi va odatda 
ikkita yarim arkadan yig‘iladi. 
Sanoat qurilishida qavatlar orasini va tomini yopish uchun turar joy 
qurilishida ishlatiladigan buyumlar kabi buyumlar qо‘llaniladi. Orayopmalar 
uchun, ayrim hollarda esa yopish uchun ham qirrali plitalardan ham foydalaniladi. 
Katta qulochli binolarni yopish uchun qobiqlardan foydalaNilsa maqsadga 
muvofiq bо‘ladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling