Мавзу: Металлар технологияси асослари


Muxandislik inshootlari uchun buyumlar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Muxandislik inshootlari uchun buyumlar 
 Yig‘ma temir-beton buyumlardan transport, qishloq xо‘jalik va boshqa 
qurilishlarda keng foydalaniladi. 
Transport qurilishi buyumlari turli xilligi bilan xarakterlanadi. Ularga 
kо‘priklarning yig‘ma temir-beton qurilmalari, katta diametrli quvurlar
elektrlashgan temir yо‘llar kontakt tarmoqlarining tayanchlari, shpallar, tyubing va 
boshqalar kiradi. Kо‘pchilik hollarda nomlari aytib о‘tilgan buyumlar M300 – 
M500 va bundan yuqori markali og‘ir betonlardan oldindan taranglangan armatura 
bilan tayyorlanadi. Betonga yuqori mustahkamlikdan tashqari sovuqqa va suvga 
chidamliligi va suv о‘tkazmovchanligi jihatdan yuqori talablar qо‘yiladi. 
Turli maqsadlarda ishlatiladigan buyumlar – temir-beton quvurlar, 
yig‘ma quduq va kollektorlar, lampalar osiladigan ustunlar, yig‘ma devor va 
boshqalardan iborat bо‘ladi. 
Temir-beton quvurlar bosimli va bosimsiz 
quvurlardan iborat bо‘ladi. Bosimsiz quvurlar 
tashqi 
suv 
oqava 
tarmoqlari 
va 
bosim 
tushmaydigan suv quvurlarini qurish uchun 
ishlatiladi. Quvurlarning diametri 300 – 2500 mm. 
Ular kamida M300 markali betondan tayyorlanadi
suv о‘tkazmovchanligi va yemirilishga chidamliligi 
jihatdan alohida talablar qо‘yiladi. 
M200 
markali 
betondan 
tayyorlangan 
temirbeton quduqlardan oqib tushadigan suv uchun 
quvurlar qurishda foydalaniladi . 


72 
Temir-beton devorlarning tashqi kо‘rinishi yaxshi va puxta bо‘ladi. Devor 
elementlari M300 va bundan yuqori markali betonlardan tayyorlanadi, sovuqda 
turg‘unligi SCH 150-200. 
Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish 
Temir - beton buyumlar texnologiyasi. Temir - beton buyumlarni ishlab 
chiqarish quyidagi asosiy texnologik jarayonlarni о‘z ichiga oladi: beton qorishma 
tayyorlash armaturani tayyorlash va buyumni armirovka qilish, qoliplash, issiq 
namda ishlov berish va buyumlarning yuza tomonini pardozlash. 
Beton qorishma tayyorlash. Beton qorishmasi odatda bevosita qoliplash 
sexi yaqinida joylashgan beton qorish korxonasida tayyorlanadi.
Armatura tayyorlash. Payvand tо‘rlar va sinchlar kо‘rinishidagi odatdagi 
taranglanmagan armatura temir-beton buyumlari zavodlarining armatura 
korxonasida tayyorlanadi. Zavodga о‘ramlar yoki chiviqlarda keltiriladigan 
armatura maxsus uskunalarda metall zaklari va zanglardan tozalanadi, tо‘g‘rilanadi 
va kerakli uzunlikda qirqiladi. Sо‘ngra qirqilgan shu sterjenlarni uskunalarda egib 
talab etilgan shakl beriladi. Alohida sterjenlar kо‘p nuqtali payvandlash 
apparatlarida kontakt usulida payvandlab tо‘rlar va sinchlar tayyorlanadi. Tayyor 
armatura tо‘rlari va sinchlari zavodning qoliplash sexiga tashiladi, ular oldindan 
tayyorlab qо‘yilgan qoliplarga yotqiziladi.Alohida sterjenlar yoki dastalar 
kо‘rinishida taranglanadigan armatura qoliplash sexida stendlar va qoliplarda 
gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermik usulda oldindan (betonlashga 
qadar) taranglanadi. Stendlar va metall qoliplar taranglangan armaturani 
mahkamlash uchun maxsus tirgaklarga ega. Armatura toki qolipga qо‘yilgan beton 
u armatura bilan puxta bog‘lanishini ta’minlaydigan ma’lum mustahkamlikka ega 
(20 MPa va undan ortiq) bо‘lmaguncha tarang holatda ushlab turiladi. 
Buyumlarni qoliplash. Temir-beton buyumlarni qoliplash jarayoni quyidagi 
asosiy operatsiyalardan iborat bо‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, 
qolipga armatura yotqizish, qolipga beton qorishma quyish va uni zichlash. 
Temir-beton buyumlarning sifati kо‘p jihatdan qolip sifatiga, chunonchi 
uning о‘lchamlarining aniqligiga va bikrligiga bog‘liq bо‘ladi. Buyumlarni kо‘plab 
ishlab chiqarishda metall qoliplardan foydalaniladi. Qoliplar oldin tayyorlangan 
buyumlarning qotgan beton qoldiqlaridan tozalanadi, yig‘iladi, sо‘ngra esa buyum 
betonini qolip metaliga yopishib qolishiga tо‘sqinlik qiladigan turli emulsion 
tarkiblar bilan moylanadi. 
Beton qorishmasi beton quygichning qabul qilish bunkeriga keladi. Beton 
quygich betonni qolipga quyadi va tekislaydi. 
Beton qorishma turli usulda zichlash mumkin: titratishlab, vakuumlab, 
sentrifugalab, presslab, prokatga qilib, shibbalab va hokazo. Eng kо‘p tarqalgan 
usul titratishlab zichlash bо‘lib, bunda statsionar vibromaydonchalari, sirtqi va 
chuqurlik titratkichlaridan foydalaniladi. Vibro maydonchalarda zichlashda (bu 
usul boshgqa usullarga nisbatan kо‘p qо‘llaniladi) qolip vibromaydonchada
о‘rnatiladi va beton qorishmasi maxsus mexanizmlar vositasida titratishlanadi va 
tez zichlanadi. Aralash titratishlashda, masalan , ostdan va ustdan yoki 


73 
titratishlashni keyinchalik vakuumlash (ortiqcha suvni beton qorishmasidan sо‘rib 
olinishiga va shu bilan birgalikda buyumlar betonining zichligi hamda 
mustahkamliigini oshirishga yordam beradi) bilan birga beton qorishmang yaxshi
zichlanishiga erishiladi. 
Buyumlarni issiq-nam bilan ishlash. Beton qotishini tezlashtirish uchun 
endigina qoliplangan buyum issiq-nam bilan ishlanadi. Temir -beton zavodlarida 
betonni issiqnam vositasida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: meyoriy 
bosim va 70100
0
S haroratda bug‘lash, 100
0
Sda kontakt usulida isitish
avtoklavlarda 174-190
0
S va 0,8-1,2 MPa (о‘ta kо‘p) bosimda bug‘lash, elektr 
vositasida ishlash va boshqalar. Eng kо‘p tarqalgan usul buyumlarni meyoriy 
bosimda bug‘lashdir. 
Buyumlar uzluksiz yoki ba’zan-ba’zan ishlaydigan kameralarda bug‘lanadi. 
Uzluksiz ishlaydigan kameralar tunneldan iborat bо‘lib, unga bir tomondan 
qoliplangan buyumlar vagonetkalarga uzluksiz kiritiladi, boshqa tomonidan esa 
betoni qotib bо‘lgan buyumlar chiqadi. Kamera bо‘ylab harakatlanish jarayonida 
buyumlar isitish zonasidan, izotermik qizdirish va sovitish zonalaridan о‘tadi. Har 
qaysi zonada talab etilgan harorat - namlik rejimi saqlab turiladi. Bunda 8-14 soat 
ichida buyum markasining taxminan 70 %iga teng mustahkamlikka ega bо‘ladi. 
Qoliplar yoki tagliklardagi qoliplangan buyumlar kran yordamida
kameraga balandligi bо‘yicha bir necha qator qilib joylashtiriladi. Kameralar 
qopqoq bilan berkitiladi va quvur orqali asta bug‘ yuboriladi. Kamera harorati 
maksimal haroratgacha uzluksiz orta boradi, buyumlar esa butun qalinligi bо‘yicha 
isiydi. Sо‘ngra ma’lum vaqt ekzotermik saqlanadi, bundan keyin buyum asta-sekin 
sovutiladi. Bu holda buyumni bug‘lash vaqti 12-16 soat davom etadi. 
Bug‘lashda buyum avtoklavga joylashtiriladi. Avtoklav diametri 2-3,6 m, 
uzunligi 21 m gacha bо‘lgan, ikkala chetida olinadigan qopqog‘i bor pо‘lat 
silindrdan iborat. Avtoklav ichida butun uzunligi bо‘ylab tor izli yо‘l yotqizilgan. 
Bu yо‘lda buyumlar joylashtirilgan vagonetkalar yuradi. 
Avtoklavda tо‘yingan bug‘ bosimi 0,8-1,2 MPa (о‘ta kо‘p) yaratiladi, bunda 
buyumlarni bug‘lash harorati 174-190
0
S gacha kо‘tariladi. 8-10 soat davomida 
bug‘laganda yuqori darajada mustahkam va puxta buyum olinadi. Aralash ohak-
qum va ohak-shlak bog‘lovchi asosida tayyorlangan buyumlar, shuningdek, 
tayyorlanayotganda portlandsementning 50% gacha qismi maydalangan kvars 
qumga almashtirilgan buyumlar avtoklavda ishlanadi. G‘ovak betonlardan 
buyumlar tayyorlashda avtoklavda ishlov berishdan ham keng foydalaniladi. 
Buyumlar betonning qotishini tezlashtiruvchi boshqa usullar orasida elektr 
vositasida isitish, infraqizil nurlar bilan isitish va boshqalarni aytish lozim. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling