Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Konveyer usulini takomillashtirish . Ikki yarusli prokat stani qoliplash 
qurilmasining yangi qurilmasini - ikki yarusli prokat stanini yaratishga olib keldi. 
Ikki yarusli prokat stani pulsatsiyalanuvchi ritm bilan harakatlanadigan qolip 
vagonetkalardan tashkil topgan tik -tutash konveyerdan iborat. Yuqori yarusda 
buyumlarni tayyorlash uchun uskunalar (beton qorishma quyish va armatura 
yotqizish, buyumlarni qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va moslamalar 
),pastki yarus esa tirqish tipdagi issiqlik bilan ishlash kamerasi hisoblanadi. 
Stan 18 minutga teng majburiy ritmda ishlaydi, shu jumladan, qolipni bitta 
pastdan boshqasiga kо‘chirish vaqti 10 minutni tashkil qiladi. Qolip-
vagonetkalarning о‘rtacha harakatlanish tezligi 20-30 m/soat . 
Ikki yarusli stendlarda postlar quyidagi ketma-ketlikda joylashadi. Birnchi 
postda qolip tozalanadi va yig‘iladi, sо‘ngra uning ichki yuzasiga pnevmatik 
changlatgich yordamida yupqa moy qatlami yuritiladi. Bundan keyin qolipga 
armatura sinchi yotqiziladi yoki armatura elektr termik usulda taranglanadi. 
Navbatdagi postda beton quygich tayyorlab qо‘yilgan qolipga beton qorishmasi 
quyib tо‘ldiradi, uni taqsimlaydi va zichlaydi. Keyingi postda qoliplangan 
buyumlarning sifati nazorat qilinadi va tashqi yuza nuqsonlari bartaraf qilinadi. 
Ustki yarusdagi kamerada qisman issiq nam vositasida ishlangandan keyin qolip -
vagonetkadagi buyum kо‘targich-pasaytirgich yordamida ustki yarusdan tirqishli 
turdagi pastki uzil-kesil issiqlik bilan ishlash kamerasiga tushiriladi.Berilgan 
issiqlik 
bilan 
ishlash 
rejimida 
buyum 
4,5 
soat 
ichida 
kо‘rsatilgan 
mustahkamlikning 70 %iga teng mustahkamlikka ega bо‘ladi. 
Qolip - vagonetka issiqlik bilan ishlov berish kamerasidan chiqqandan keyin 
qolipni stanning pastki tarmog‘idan ustki tarmog‘iga kо‘tarish buyumlarni 
qolipdan bо‘shatish, uni kо‘prik kran bilan olish va yuzalarni uzil-kesil meyoriga 
yetkazish uchun tik pardozlash konveyeriga uzatish operatsiyalarini bajaradi. 
Sо‘ngra buyumlar tayyor mahsulot omboriga tashiladi. Bо‘shayotgan qolip- 
vagonetkalar qaytadan tozalash va moylash postiga keladi. 
Uzluksiz vibroprokat usuli. Temir-beton buyumlarni N.Y. Kozlov yaratgan 
vibroprokat stanlarida tayyorlash konveyer usulining rivojlanishida yangi yо‘nalish 
hisoblanadi. 
Bu 
usul 
temir-beton 
buyumlarining 
uzluksiz 
tо‘la 
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini 
amalga oshirishga imkon beradi. Buyumlar uchun beton qorishma tayyorlashdan 
tortib tayyor buyumni chiqarishgacha bо‘lgan butun jarayon uzluksiz ishlaydigan 
qurilmada bajariladi. Qurilma asosiy agregatvibroprokat stani, dozalaydigan 
bо‘lim, shnek- aralashtirgich, tо‘xtamasdan ishlaydigan betonqorgich, aylanib 
о‘tuvchi rolgang, ag‘dargich va qator yordamchi mexanizmlardan iborat. 
Vibroprokat stan qoliplaydigan lenta, taranglash va yuritish stansiyasidan, 
qoliplaydigan va kalibrlaydigan bо‘lmadan, shuningdek, issiqlik bilan ishlash 
bо‘lmasidan tashkil topgan harakatlanadigan konveyerdan iborat. 
Buyumlar issiqlik bilan ishlash bо‘lmasida -uzunligi 60 m tirqishli kamerada 
qoliplovchi lenta ostiga 105-110
0
S haroratli bug‘ berish hisobiga kontakt isitish 
yordamida qotadi. Stanning bu bо‘lmasida buyumlar hamma tomondan zich qilib, 
ostki qoliplovchi lenta bilan, ustki tomondan bug‘ о‘tkazmaydigan issiqqa 
chidamli yopish lentasi, yon tomonlaridan esa bort jihozi bilan yopilgan. Qizdira 


77 
boshlagandan 30-40 minut о‘tgandan keyin buyumlar maksimal harorat 95-98
0

gacha isitiladi.Bu harorat og‘ir betonlar uchun 2 soat va g‘ovak tо‘ldirgichlar 
asosida tayyorlangan yengil betonlar uchun 4 soat davom etadi va issiqlik bilan 
ishlash oxirigacha saqlab turiladi. Qoliplovchi lenta tezligi 15-30 mG‘soat, bu esa 
buyum mustahkamligini , ularni stanning qoliplovchi lentasidan olish paytida 
loyiha mustahkamligining 50-60 % mustahkamlikka ega bо‘lish uchun zarur 
bо‘lgan issiqlik bilan ishlash vaqtiga muvofiq bо‘ladi. 
Hozirgi vaqtda vibroprokat usulida yassi temir-beton orayopma panellari
qalinligi 140 mm, о‘lchami xona о‘lchamidek ichki xonalararo va xonadonlararo 
kо‘tarib turuvchi devorlar uchun panellar, 9-17 qavatli yirik panelli turar joylar 
uchun tashqi devorlarning 320 mm gacha qalinlikdagi keramzibeton paneli, turar 
joy va ishlab chiqarish binolarini yopish uchun foydalaniladigan zich qirrali yupqa 
devorli temirbeton qobiqlar, shuningdek shahar yer osti kollektorlari uchun qirrali 
va yassi plitalar tayyorlanadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling