Мавзу: Металлар технологияси асослари


G‘isht -tosh terish va tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘iladigan


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

G‘isht -tosh terish va tayyor temir-beton qurilmalardan yig‘iladigan 
binolarni о‘rnatish uchun qorishmalar 
G‘isht-toshdan terilgan va butunlay tayyor temir-beton qurilmalardan 
yig‘ilgan binolarning mustahkamligi, yaxlitliligi va chidamliligi ma’lum darajada 
ishlatiladigan qorishma sifatiga bog‘liq bо‘ladi. G‘isht-tosh terish va о‘rnatish 
ishlarining har xil turlari uchun qorishmalarning markasi, turi va tarkibi 
mustahkamligiga qо‘yiladigan talablar, qurilmalar hususiyati va foydalanish 
sharoitlarini hisobga olib belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda fuqaro va sanoat qurilishida kо‘proq 10, 25,50, 75 va 100 
markali qurilish qorishmalari ishlatiladi. 
Bino tashqi devorlarini g‘ishtdan terish uchun asosan sement-ohak va 
sement-loy qorishmalarining minimal markalari devorlarning turi, tuproqning 


83 
namlik xarakteristikalari va qurilmalarning talab etilgan chidamliligiga qarab 10 
dan 50 gacha markali sement bо‘lgan aralashmalari ishlatiladi. 
Beton panel devorlarni о‘rnatishda gorizontal choklar og‘ir betondan 
qilingan panel uchun markasi kamida 100 va yengil betondan qilingan panellar 
uchun kamida 50 markali sement qorishmalari bilan tо‘ldiriladi. Yirik bloklar va 
panellardan qurilgan devorlarning gorizontal va tik choklari 50 markali 
qorishmalar bilan tо‘ldiriladi. Sinch-panelli turar joy binolarini qurishda choklar va 
uchma-uch tutashadigan joylarni mustahkam jipslash uchun 200 markali sement 
qorishmalari ishlatiladi. 50 va 75 markali sement qorishmalardan binoning yer osti 
qismini va suv himoya qatlamidan past qismini qurish uchun (bunda tuproq suvga 
tо‘yingan bо‘ladi), ya’ni yuqori mustahkam va suvga chidamli qorishma hosil 
qilish zarur bо‘lgan hollarda foydalaniladi. 
Devorlar uchun mо‘ljallangan qorishmalarning suriluvchanligi ularning 
vazifasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha qabul qilinadi: devorlarni faqat 
g‘ishtdan, beton toshlar va yengil tog‘ jinslaridan qilingan toshlardan qurish uchun 
9-13 sm, devorlarni ichi bо‘sh g‘ishtdan yoki sopol toshlardan terish uchun 7-8 sm, 
devorlarni beton bloklar va panellardan о‘rnatishda gorizontal choklarni tо‘ldirish 
uchun 5-7 sm, harsang toshlardan terish uchun 4-6sm, undagi bо‘shliqlarni 
qorishma quyib tо‘ldirish uchun 13-15 sm. Devorlarni quruq va g‘ovakli 
materiallardan qurish uchun suriluvchanligi yuqori qorishmalar, nam va zich 
materiallardan qurish uchun esa suriluvchanligi kichik qorishmalar ishlatiladi. 
Qurilish qorishmalarining tarkiblari, odatda tayyor jadvallardan tanlanadi
hosil qilingan qorishmalarning sifati esa tajribada sinab tekshiriladi. 
11-jadvalda keltirilgan qorishmalar tarkibi quyidagicha tanlangan: zichligi 
1100 kgG‘m
3
bо‘lgan 200-500 markali sementlar, standart talablarini 
qoniqtiradigan tabiiy namligi 1-3 % li yumshoq tо‘kilma holatdagi qum, zichligi 
1400 kg/m
3
bо‘lgan IInavli ohak. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling