Neft bitumlari – neft va uning smolali qoldiqlarini qayta ishlash maxsuloti
xisoblanadi. Olish usuliga qarab bitumlar qoldiq, oksidlangan va kreking neft
bitumlariga bо‘linadi.
Qoldiq bitumlar (gudron) neftdan xaydash yо‘li bilan benzin, kerosin va
moylarining bir qismini ajratib olishdan keyin hosil bо‘ladi. Normal xaroratda ular
qattiq moddadan iborat. Oksidlangan bitumlar neft qoldiqlari orqali xavo puflab
о‘tkazilib olinadi, bunda ular kislorod ta’siri ostida oksidlanadi va zichlanadi.
Kreking bitumlari esa neft va neft maydalarining yuqori xaroratda (krekinglashda)
parchalanish maxsulotidir.
Neft bitumlarining rangi qora yoki tо‘q qо‘ng‘ir bо‘ladi. Qovushqoqligiga
qarab ular qattiq, yarim qattiq suyuq bitumlarga bо‘linadi. Qattiq va yarim qattiq
neft bitumlari qurilish, tombop yoki yо‘l bitumlariga bо‘linadi.
Qattiq yoki yarim qattiq neft bitumlari uralma gidroizolyatsion va tombop
materiallarni, bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash uchun
ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda
ayni joyning iqlim sharoitlari va bitumning ishlatilish soxasiga qarab bitum
aralashmasi tanlanadi.
Bitumlarning xossalari. Neft bitumlarining sifatini va markalarini
aniQlaydigan asosiy xossalari – qovushqoqligi, yumshash va о‘t olish xarorati,
chо‘ziluvchanligidir.
Qovushqoqlik ignali penetrometrda о‘lchanadi. Ignaning bitumga kirish
chuqurligi qancha katta bо‘lsa, uning qovushqoqligi shunchalik kichik bо‘ladi.
Bitumning yumshash xarorati «xalqa va shar» asbobida aniqlanadi.
Bitumning ushbu xossasi uning turli xarorat sharoitlarida foydalanishga
yaroqligini kо‘rsatadi.
Bitum bilan ishlashdagi texnologik parametrlarni aniqlash uchun о‘t olish
xaroratini bilish katta axamiyatga ega, u maxsus asbobda о‘lchanadi. О‘t olish
xarorati deganda bitum namunasining bir qismi yoki butun yuzasi ustida birinchi
kо‘k alanga paydo bо‘ladigan xarorat tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |