Мавзу: Металлар технологияси асослари


Tombop о‘ramli materiallar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Tombop о‘ramli materiallar. Tombop о‘ramli materiallar maxsus qatron 
yoki shisha toladan uni organik bog‘lovchilar bilan shimdirish yо‘li bilan 
tayyorlanadi, keyin esa bir yoki ikkala tomonidan tо‘ldirg‘ichli qiyin eriydigan neft 
yoki qatronli bog‘lovchilar surtiladi hamda sepiladi. Ular eni turlicha, uzunligi 10-
30 m bо‘lgan о‘ramli kо‘rinishida chiQariladi. Xozirgi zamon qurilishida tombop 
о‘ramli materiallar keng ishlatiladi. Ular 3-5 qatlam qilib yopishtirilganda tomda 
suv о‘tkazmadigan monolit tom gilami yuzaga keladi. Ular yengil, tomni ozgina 
qiyalatib qurish imkonini yaratadilar, kimyoviy ta’sirlarga Qarshilik kо‘rsatish 
xususiyatiga ega. Bundan tashqari, о‘ramli materiallardan tom qilinganda 
qurilishdagi metall sarfi (pо‘lat list) ancha qisqaradi va bir yо‘la pо‘lat 
yopmalardan foydalanishdagi xarajatlarga nisbatan xarajatlar kamayadi. Lekin 
ijobiy xossalari bilan bir qatorda ushbu materiallarning kamchiliklari ham bor: ular 
uzoq chidamaydi, oson yonadi. 
Shimdirish turiga kо‘ra о‘ramli tombop materiallar bitumli, qatronli
qatron-bitumli, gudrokamli bо‘ladilar. 
Tombop bitumli materiallar – xilma xil bо‘lib, ularning eng kо‘p 
qо‘llaniladigani ruberoid va pergamindir. 
Ruberoid – neft bitum shimdirilgan kartondan tayyorlangan о‘ramli 
materialdir. Uning yuzasi ikkala tomondan qiyin eriydigan neft bitumlari va 
sepma-mayda tuyilgan talk yoki boshqa mineral kukun qatlami bilan qoplangan. 
Texnik shartlarni qoniqtiradigan ruberoidning qirqimi shimdirilmagan och 
rangli qatlamlarsiz qora rangga ega bо‘ladi, о‘ramda polotno yopishib qolmaydi, 
yon tomonlari tekis bо‘ladi. polotnosining eni 1000, 1025 va 1050 mm, о‘ramdagi 
polotnoning umumiy yuzasi 5, 7, 10 va 15 m
2

Tomga yopiladigan gilamning sifati qatlamlarning bir-biriga puxta 
yopishtirilishiga bog‘liq bо‘ladi. 
Birinchi qatlamni asosga, sо‘ngra esa keyingi qatlamlarni yopishtirish uchun 
qaynoq yoki sovuq bitum mastikalari ishlatiladi. Ruberoid polotnosi ustma-ust, 
ya’ni qо‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab yopishtiriladi. Navbatdagi qatlam 
oldingisiga shunday yopishtiriladiki, bunda pastdagi choklar qoplanishi kerak. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling