Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘tga chidamli materiallar.
Koks gazi. Toshkо‘mirdan koks olishda koks gazi hosil bо‘ladi. Bu gazning
tarkibida 46-63 H 2 ; 21-27 CH 4 ; 2-7 CO 2 ; 4-18N 2 bо‘ladi. 1m 3 koks gazi yonganda 3500-4500 kkal (15-18MJ/m 3 ) issiqlik ajraladi. Koks gazidan metallurgiyaviy pechlarda yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Domna gazi. Domna pechlarida chо‘yan ishlab chiqarishda ajraluvchi gaz bо‘lib, metallurgiya korxonalarida undan sof holda yoki koks gazi bilan aralashtirib foydalaniladi. Gaz yoqilg‘ilari suyuq yoqig‘ilarga nisbatan arzonligi, zararli qо‘shimchalardan xoli bо‘lganligi, yondirishga qadar ma’lum haroratgacha qizdirish mumkinligi, bir joydan ikkinchi joyga uzatish qulayligi kabi afzalliklari tufayli borgan sari sanoatda keng miqyosda ishlatilmoqda. О‘tga chidamli materiallar. Metallurgiyaviy pechlar, yig‘gichlar, kovishlarning devorlari va tublari о‘tga chidamli materiallardan teriladi, chunki ular yuqori harorat va yuklanish ta’sirida bо‘lishdan tashqari, pechdagi gaz, shlak va metall ta’sirida ham bо‘ladi. Shuning uchun о‘tga chidamli materiallar yuqori haroratda suyuqlanmasligi, termik jihatdan chidamli bо‘lishi, jarayon davrida pechdagi suyuq metall, shlak va pech gazlari bilan reaksiyaga kirishmasligi hamda arzon bо‘lishi lozim. О‘tga chidamli materiallar g‘isht, har xil shaklli buyumlar va kukun tarzida tayyorlanadi. О‘tga chidamli materiallar kimyoviy tarkibiga kо‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: 4. Kislotaviy (kislota xarakteridagi); 114 5. Asosiy (asos xarakteridagi); 6. Neytral. 1. Kislotaviy material - dinas g‘ishti. Bu g‘isht maydalangan tabiiy kvarsdan tayyorlanadi. Kvars maydalanib, unga bog‘lovchi sifatida bir oz gil tuproq va ohak tosh qо‘shib namlanadi va aralashma kerakli shaklga keltiradi-da, keyin maxsus pechlarda 1400-1600 0 S gacha qizdiriladi. Bunda aralashma tarkibidagi Al 2 O 3 , Feo va CaO о‘zaro birikib, kvars donachalarini bog‘laydi. Bu g‘ishtning kamchiligi pech harorati birdaniga о‘zgarsa, yoriladi. Kvars kukuni va qumi tarzidagi kislotaviy materiallar pechlarni ta’mirlashda ishatiladi. 2. Asosiy material. a) Magnezit (MgO). Bu materialni olishda tabiiy magnezit (MgCO 3 ) maxsus pechlada 1400 0 S gacha qizdiriladi. Bunda magnezit MgO va CO 2 ga parchalanib, undan magniy oksid ajralib chiqadi: Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling