116
12- MAVZU. MARTEN PECHLARIDA,KISLOROD
KONVERTORIDA,ELEKTR PECHLARDA PО‘LAT ISHLAB
CHIQARISH
Reja.
12.1.Pо‘lat ishlab chiqarish
12.2.
Marten usuli tо‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar
12.3. Elektr pechlarida pо‘lat suyuqlantirish
Pо‘lat mashinasozlikda ishlatiladigan muhim metallardan biridir.
CHо‘yandan farqli ravishda pо‘latda uglerod va zararli arlashmalar kamroq
bо‘ladi. Shuning uchun pо‘lat olish jarayoni mazkur
elementlarni chiqarib
tashlashdan iborat. Kislorodli-konvertor, marten va elektr pechlarda pо‘lat
olish
usullari asosiy usullar hisoblanadi.
Konvertor usuli. Avvallari konvertor pо‘lati bessemer va tomas
konvertorlarida suyuq chо‘yan orqali havo haydalib olinardi.
Hozirgi vaqtda esa
yanada ilg‘or va unumli bо‘lgan kislorodli - konvertor suyultirish usulidan
foydalaniladi. Bu usulda suyuq pо‘lat solingan
konvertorga yuqori tomondan
kislorod haydaladi. Balandligi 11 m, diametri 10 m bо‘lagan hozirgi zamon
konvertorlarining ish unumi yuqori (400 t).
Konvertorning tuzilish sxemasi 7-rasmda keltirilgan. Konvertor pо‘lat
qobiq bilan oralgan bо‘lib, uni osongina almashtirish mumkin.
Konvertor
ustunlarga о‘rnatilgan, u sapfa о‘qi atrofida erkin aylana oladi. Bu aylanish
konvertorni yuklash,
namuna olish, tayyor pо‘latni chiqarish uchun zarurdir.
Jarayon quyidagidan iborat: avval metall parchalari (ba’zan temir rudasi) solinadi,
sо‘ngra suyuq chо‘yan quyuladi, konvertor vertical holatga о‘tkaziladi va chо‘yan
hamda rudadagi fosforni yo’qotish uchun ohaktosh qо‘shiladi. Suv bilan
sovitilgan furma pastga tushiriladi va kislorod haydaladi. CHо‘yan
aralashmalari
shiddat bilan oksidlana boshlaydi. Birinchi navbatda temir oksidlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: