Metall suyuqlantiruvchi pechlar
Quymakorlik sexlarida metall
suyuqlantirish uchun quyidagi agregatlar ishlatiladi:
a) CHо‘yan suyuqlantirish uchun – vagranka, induksion ellektr pechlari
(sanoat chastotasida ishlab);
b) Pо‘lat eritish uchun – elektr-yoy pechlari, konvertorlar, marten pechlari;
v) Rangli metallar va qotishmalarni suyuqlantirish uchun – elektrik va
alangali pechlar.
Vagranka. Vagranka yumaloq shaxta pechi bо‘lib, devorlari о‘tga
chidamli shamot g‘ishtidan terilgan va sirtidan esa temir list bilan qoplangan.Uning
foydali ish koeffitsienti yuqori (0,38…0,40), konstruksion sodda, mehnat
unumdorligi yuqori. CHо‘yan quymalarning taxminan 90% idan ortig‘i
vagrankalarda olinadi. Vagrankalar boshqa pechlarga qaraganda tuzilishining
oddiyligi, boshqarilishi qulayligi, kam yoqilg‘I talab etishi bilan birga uzluksiz va
unumli ishlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan pо‘lat qо‘ymalarning 60% dan ortiqrog‘i
uglerodli pо‘latlarga, 20% ga yaqini legirlangan pо‘latlarga, 20% ga yaqin kо‘p
legirlangan pо‘latlarga tо‘g‘ri keladi.
Quymakorlikda zarur tarkibli pо‘latlarni suyultirib ulardan quymalar
olishda konvertorlar, marten va elektr pechlardan foydalaniladi. Quyma sexlarda
kichik konvertorlardan vagrankada olingan suyuq chо‘yan kiritilib, yon teshigidagi
furmalaridan metall sathiga havo ma’lum bosimda haydaladi.
Savol va topshiriqlar:
1.
Quymakorlik deganda nimani tushunasiz?
2.
Quymakorlik korxonalarining turlarini aytib bering.
3.
Qoliplar va ularning klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.
4.
Metall suyuqlantiruvchi pechlarning qanday turlarini bilasiz?
5.
Quyma bronzalardan nimalar tayyorlanadi?
146
17. MAVZU: METALLARNI BOSIM BILAN VA KESIB ISHLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |