Мавзу: Металлар технологияси асослари


Qoliplar klassifikatsiyasi


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Qoliplar klassifikatsiyasi 
a) Bir martabalik qoliplar - qum va gilni suv bilan qorishtirib tayyorlanadi. 
b) muvaqqat qoliplar-yuqori temperaturalarga chidamli materiallani 
(shamot, magnezit, grafit, qum, asbest va boshqalarni) gil bilan qorishtirib 
tayyorlanadi. 
v) Doimiy koliplar-chо‘yan va pulatlardan (ba’zan mis va alyuminiy 
kotishmalardan) tayrlanadi. 
Model komplekti. Model komplektiga model, modelning tag taxtasi, sterjen, 
yashiklari, model plitalari, nazorat andozalar, quyish sistemasi modellarining 
elementlari va boshqa moslamalar kiradi. 
Modellar metall va yogochdan tayyorlanadi. Kо‘plab quyma ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda metall modellar (alyuminiy, mis qotishmalari va 
chо‘yan), individual va mayda korxonalarda esa oq kaqin, buk, sosna kabi 
yog‘ochlardan tayyorlanadi. Yog‘och modellar quyib olinadigan quymaning turiga 
qarab har xil rangga bо‘yaladi: chо‘yan quymalar olinsa - qizil rang, pо‘lat 
quymalarga – kо‘k rang, rangdor metallar quymalariga esa sariq rang. Turli 
metallardan quymalar olishda chizigiy va hajmiy kirishuvi qiymatlari har xil 
bо‘ladi. 
100



M
К
M
К
Е



Yek
– quymaning chizig‘iy kirishuvi, % ℓ

- model uzunligi; ℓ

– quyma 
uzunligi. 
Chizig‘iy kirishuv. Kulrang chо‘yan uchun – 1…1,3; uglerodli pо‘latlar 
uchun – 2…2,5; qalaysiz bronzalar uchun – 2,3…2,5; qalayli bronzalar uchun – 
1,4…1,6; latunlar uchun – 1,3…1,8; kremniyli alyuminiy qotishmalari (siluminlar) 
uchun –0,9…1,2.


143 
Modellarni qolipdan oson chiqarib olish uchun ular ajralish yo’nalishi 
bо‘yicha ma’lum konuslikda «qoliplash qiyaligi» yasaladi. GOST 3212-57 ga 
kо‘ra, bu qiyalik yogoch modellar uchun 1…30 ga, metall modellar uchun 1…20 
ga teng. 
Quymaning xarakteriga (shakli va о‘lchamiga) kо‘ra modellar yaxlit va 
ajraladigan qilib tayyorlanadi. 
Sterjen yashiklari yaxlit va yig‘ma bо‘ladi. Yaxlit sterjen yashiklari oddiy 
shaklli, 
yig‘ma-yashiklardan 
murakkab 
shaklli 
sterjenlar 
tayyorlashda 
foydalaniladi. Ularning о‘lchamlarini aniqlashda metallning kirishish va mexanik 
ishlashga qoldiriladigan pripusk hisobga olinadi. Ularning ish yuzalari silliq va 
bо‘yalgan bо‘lishi kerak. 
Model plitkasi – mashina yordamida qolip tayyorlashda quymaning modeli, 
quyish sitemasining modellari elementlari va opoka о‘rnatiladigan metall plita 
model plitasi deb ataladi. Modelning teg taxtasi yog‘och yoki metalldan 
tayyorlanib, unga quyma va quyish sistemasi elementlarining modellarini 
joylashtirish uchun qо‘llaniladi (qо‘lda quyish usulida). 
Opokalar – qolip materiallarida model aksini olishga kо‘maklashuvchi 
ramalar (chо‘yan, pо‘lat, alyuminiy) konstruksiyasiga kо‘ra ajraluvchi, 
ajralmaydigan, qovurg‘asiz va qovurg‘ali bо‘lishi mumkin. 
Qolip tayyorlashda qо‘llaniladigan moslamalar. Qolip tayyorlashda xilma 
xil moslamalar qо‘llaniladi. 
Bular: 
a) Belkurak – tuproqni kovlab, qolipni tо‘ldirish uchun; 
b) G‘alvir – tuproqni elash uchun; 
v) Shibbalar – qolipdagi tuproqni shibbalash (zichlash) uchun; 
g) Andavalar – model olingandan sо‘ng qolipning yuzasini tekislash uchun; 
d) Qoshiqlar – tuproqni kesish va kanallar kesish uchun; 
e) Ilgaklar – qolipga tо‘kilgan tuproqni chiqazib tashlash uchun; 
z) Six – qolipning gaz о‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida unda kichik 
kanallar hosil qilish uchun; 
k) Chutka – model, qolip va boshqalarni tozalash uchun; 
i) Leneyka – qolip materialining ortiqchasini sidirib tashlash uchun. 
Qolip va sterjen materiallari. Bir martalik qoliplar tayyorlashda 
foydalaniladigan asosiy material qum hisoblanadi. Qum donalarini bir-biriga puxta 
bog‘lovchi moddalar sifatida gil, moy, bitumlar, deksterin, sun’iy smolalar, suyuq 
shisha, sulfid bardasi va boshqalar bо‘lsa, qolip materiali quyib quymaga 
yopishmasligi uchun grafit, kо‘mir kukuni, kvars changi va boshqalar qо‘shiladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling