Мавзу: Металлар технологияси асослари


Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi 
Austenitning parchalanishi pо‘lat uzliksiz sovitilganda ham Ac
1
kritik 
nuqtadan pastroq haroratgacha tez sovitilib (о‘ta sovitilib), shu haroratda tutib 
turilganda ham sodir bо‘ladi. Austenit Ac
1
nuqtadan pastroq haroratgacha о‘ta 
sovitilib shu haroratda tutib turilganda uning parchalanishi austenitning izotermik 
parchalanishi deb ataladi. 
Pо‘lat Ac
1
kritik haroratdan pastroq haroratgacha tez sovitilib, shu haroratda 
tutib turilganda perlitning kristallanish markazlari hosil bо‘ladi va ulardan 
kristallar о‘sa boshlab, oqibatda perlit donalari hosil bо‘ladi. Bu donalarning katta- 
kichikligi о‘ta sovish darajasiga bog‘liq. 
О‘ta sovitilgan austenitning izotermik (о‘zgarmas haroratda) parchalanishini 
diagramma tarzida ifodalash mumkin 


138 
rasm. Austenitning izotermik parchalanish diagrammasi
Shakldan kо‘rinadiki, 800 
0
S gacha qizdirilgan austenit taxminan 700 
0

gacha tez sovitilib, shu haroratda tutib turilsa, u perlitga aylanadi, ya’ni ferrit bilan 
sementitning mexanik aralashmasi hosil bо‘ladi. Austenit taxminan 630 
0
S gacha 
60-70 grad/s tezlik bilan uzluksiz о‘ta sovitilib va shu haroratda tutib turilganda 
ham austenit perlitga aylanadi, ammo bu perlitning donalari 700 
0
S da hosil 
bо‘lgan perlitnikidan mayda, qattiqligi ancha yuqori bо‘ladi (NV = 380-400). 
Bunday perlit sorbit deb ataladi. 
Austenit taxminan 500 
0
S gacha (80 - 100 grad/s) tezlikda о‘ta sovitilib, shu 
haroratda tutib turilsa, donalari sorbitnikidan ham mayda perlit hosil bо‘ladi. Bu 
perlit troostit deb ataladi. Troostitning qattiqligi NV = 390-400 oralig‘ida bо‘ladi.
Demak perlit, sorbit, troostit strukturalarining barchasi ferrit-sementit 
aralashmasidan iborat bо‘lib, ular bir-biridan donalari о‘lchamlari bilan farqlanadi 
(28- rasm).


139 
28 - rasm. a) perlit (x500), b) sorbit (x500), v) troostit (x10 000) 
strukturalari. 
 
Austenit 150 
0
S/s tezlik bilan suvda sovitilsa parchalanishga ulgurmaydi. 
Sovish tezligi katta bо‘lganda diffuzion jarayonlar tо‘xtaydi, lekin g→b polimorf 
о‘zgarish sodir bо‘ladi. Natijada austenitda erigan hamma uglerod ferritda qolib, 
tо‘yingan qattiq eritma hosil bо‘ladi. Harorat taxminan 240 
0
S ga tushganda 
austenit martensit deb ataladigan strukturaga aylana boshlaydi. Ana shu harorat 
austenitning martensitga aylana boshlash harorati deb ataladi. Martensitga 
parchalanishda boshlang‘ich va oxirgi fazalar miqdori о‘zgarmaydi, agregat 
kо‘chish natijasida faqat kristall panjara qayta quriladi (diffuziyasiz jarayon). 
Martensit tayoqchalari (plastinkalari) oldingi donachalar о‘rnida parallel yoki bir-
biriga nisbatan 50
0
hamda 120
0
burchak ostida joylashishi ham mumkin. Bu 
parchalanish juda katta tezlikda boradi va kristallarning о‘sish tezligi ham katta 
bо‘ladi. (10
3
m/sek). Parchalanish davomida kristall katakcha atomlari о‘z 
о‘lchamlaridan kamroq masofaga bir vaqtda siljish natijasida atom panjaraning 
turi о‘zgaradi (agregat kuchish sodir bо‘ladi). Martensit hosil bо‘lish jarayoni
о‘zining boshlanish (M
B
) va tamom bо‘lish (M
t
) haroratiga ega. Agar shu oraliqda 


140 
harorat о‘zgarmasa (ya’ni sovish rо‘y bermasa), parchalanish ham tо‘xtab qoladi. 
Lekin perlitga parchalanishda harorat о‘zgarmay qolganda ham jarayon davom 
etadi. Shu jihatdan martensitga parchalanish perlitga parchalanishdan farq qiladi. 
Legirlangan pо‘latlardagi uglerod miqdori qancha kо‘p bо‘lsa, diffuziya jarayoni 
shunchalik sekin boradi, natijada martensitga parchalanish harorati oddiy 
haroratdan ancha kichik bо‘ladi. Shuning uchun strukturada materialning hajmi 
bо‘yicha parchalanmay qolga qoldiq austenit (A
qol
) bо‘ladi. Martensitning hajmi 
katta bо‘lganligi uchun namuna deformatsiyaalanishi ham mumkin.
Demak, martensit uglerodning b-temirdagi tо‘yingan qattiq eritmasidir, 
uning donalari ninalarga о‘xshash, juda ham yupqa plastinkalardan iborat (29 - 
rasm), qattiqligi esa HB (600-650) oralig‘ida bо‘ladi. 
a) b) 
29- rasm. Plastinka (a) va tayoqcha (b) shaklidagi martensitning 
mikrotuzilishi 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling