Мавзу: Металлар технологияси асослари


-MAVZU: METALL QOTISHMALARNI TERMIK ISHLASH


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
15-MAVZU: METALL QOTISHMALARNI TERMIK ISHLASH 
 
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar. 
2. 
Pо‘lat qizdirilganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar.  
3. 
Austenit sohasigacha qizdirilgan pо‘lat sovitilganda unda sodir 
bо‘ladigan о‘zgarishlar.  
4. 
Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi. 
5. 
Pо‘latlarni termik ishlash uchun qizdirish vaqtini aniqlash. 
 
Tayanch iboralar: termik ishlash, kritik nuqtalar, perlit struktura, sorbit 
struktura, troostit struktura, austenitni uzluksiz sovitish, sovitishning kritik tezligi, 
martensit strukturasi, austenitning martensitga aylanishi, jarayon mexanizmi, 
martensitning tuzilishi va xossalari. 
Umumiy ma’lumotlar 
Mashinasozlikda kо‘pgina pо‘lat va chо‘yanlardan, shuningdek rangli 
metallarning qotishmalaridan (bronza, latun, duralyuminiy va boshqalar) yasalgan 


135 
buyumlarning fizikaviy, mexanikaviy va texnologik xossalarini zarur tomonga 
о‘zgartirish maqsadida ularga termik va kimyoviy-termik ishlov beriladi. Bu esa 
yengil, puxta va chidamli mashinalar tayyorlashda, metallarni tejashda, ularning 
tannarxini kamaytirishda katta rol о‘ynaydi. 
Metallardan yasalgan buyumlarning kimyoviy tarkibini о‘zgartirmay turib, 
ularning strukturalarini termik vositalar (ma’lum haroratgacha qizdirib, shu 
haroratda ma’lum vaqt tutib turgandan keyin har xil tezlikda sovitish) bilan 
о‘zgartirish metallarni termik ishlash deb ataladi. 
Rus olimi D.K.Chernov (1838-1921) termik ishlov berish nazariyasi va 
ratsional usullarining asoschisi hisoblanadi. U pо‘latni Ac
1
chizig‘idan past 
haroratgacha qizdirib, istalgan tezlik bilan sovitilganda uning strukturasi va 
mexanik xossalari о‘zgarmasligini, Ac
3
chizig‘idan yuqori haroratda qizdirib, tez 
sovitilganda esa keskin darajada о‘zgarishini aniqlab berdi. Chernovning bu 
kashfiyoti katta ahamiyatga ega bо‘ldi, keyinchalik uning bu ta’limoti 
rivojlantirildi va termik ishlash nazariyasi ishlab chiqildi. 
Chernov qattiq qizdirilgan pо‘lat zagatovkalarni kuzatar ekan, qizdirishning 
va sovitishning ma’lum haroratlarida (nuqtalarida) pо‘latda ichki о‘zgarishlar 
sodir bо‘lishini payqadi. D.K.Chernov bu nо‘qtalarni kritik nuqtalar deb atadi va 
ularni a va b harflari bilan belgiladi. Hozirgi vaqtda bu nuqtalar A
1
va A

bilan 
belgilanadi. Fe-Fe
3
C tizimining holat diagrammadagi GS chizig‘i A
3
nuqtalarning, 
PSK chizig‘i esa A
1
nuqtalarning geometrik о‘rnidir. Pо‘lat qizdirilgandagi kritik 
nuqta Ac (Ac
1
va Ac
3
) bilan, sovitilgan vaqtdagi kritik nuqta esa Ar (Ar
1
va Ar
3

bilan belgilanadi (r harfi fransuzcha sovitmoq sо‘zining bosh harfi). 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling