Мавзу: Металлар технологияси асослари
Legirlangan pо‘latlarning turlari va markalanishi
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Legirlangan pо‘latlarning turlari va markalanishi Legirlangan pо‘latlar kimeviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish soxasiga kо‘ra turlarga bо‘linadi. 132 Legirlangan pо‘latlar kimeviy tarkibidagi legirlovchi elementlar soniga qarab xromli, molibdenli, kremniyli, xrom-nikelli, xrom-nikelь- molibdenli va x. turlarda bо‘linadi. Legirlovchi elementlarning miqdoriga kо‘ra kam legirlangan (2,5 % gacha LE), о‘rtacha legirlangan (2,5...10 % LE) va kо‘p legirlangan (10 % dan kо‘p LE) pо‘latlar guruxlariga bо‘linadi. Legirlangan pо‘latlar muvozanat (yumshatilgan) holatidagi va havoda sovitilgandan keyingi (normallangan) holatdagi strukturasiga kо‘ra turlanadi. Xavoda sovitilgandan keyin xosil bо‘ladigan strukturasiga kо‘ra legirlangan pо‘latlar uchta asosiy sinfga (Giye klassifikatsiyasi): perlit, martensit va austenit sinflariga bо‘linadi. Muvozanat holatidagi strukturasiga kо‘ra legirlangan pо‘latlar evtektoidgacha bо‘lgan (ferrit kо‘proq), evtektoid (perlit) va evtektoiddan keyingi (karbidlar kо‘proq) pо‘lat sinflariga bо‘linadi. Legirlangan pо‘latlar qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab konstruksion (mashinasozlik), asbobsozlik pо‘latlari va aloxida xossali pо‘latlar sinflariga bо‘linadi. Konstruksion pо‘latlar mashina detallari tayerlash uchun, asbobsozlik pо‘latlari esa kesuvchi, о‘lchov asboblari va shtamp asboblari tayerlash uchun ishlatiladi. Legirlangan pо‘latlar tegishli harflar va raqamlar bilan markalanadi. Legirlangan pо‘lat markasidagi harflar legirlovchi elementlarni, raqamlar esa ularning % hisobidagi miqdorini bildiradi. Pо‘lat markasida oldin turgan raqamlar shu pо‘latning tarkibidagi uglerod miqdorini foizning yuzdan bir ulushlari hisobida ifodalaydi, harflardan keyin turgan raqamlar esa shu harflar bilan kо‘rsatilgan elementlarning foiz hisobidagi о‘rtacha miqdorini bildiradi. Masalan, 15X18H22B6M2L markali legirlangan pо‘lat 0,15%C; 18%Cr; 22%Ni; 6%W; 2%Mo bо‘lgan quymakorlik pо‘latidir. Legirlovchi elementning miqdori 1% dan kam bо‘lsa, raqam yozilmaydi. Pо‘lat tarkibidagi fosfor miqdori 0,03% dan, oltingugurt miqdori ham 0,03% dan kamligini, shuningdek, pо‘latning yuqori sifatli ekanligini kо‘rsatish uchun shu pо‘lat markasining oxiriga A harfi yoziladi. Ba’zi hollarda markadagi belgilar sonini kamaytirish uchun GOST dan bir qadar chetga chiqiladi. Masalan, tarkibida 1% dan ortiq uglerod bо‘lgan pо‘latning markasida shu uglerod miqdorini kо‘rsatuvchi raqamlar yozilmaydi. Masalan, X12M – bu pо‘lat tarkibida uglerod miqdori 1,45 1,70 %. Agar pо‘lat markasining oldida ikkita raqam bо‘lsa, uglerodning miqdori foizning yuzdan bir ulushi hisobida, bitta raqam bо‘lsa о‘ndan bir ulushi hisobida ekanligini bildiradi. Masalan, 9XC – markali legirlangan asbobsozlik pо‘latlarida о‘rta hisobda 0,9% uglerod bor. Legirlangan pо‘lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,04% gacha bо‘lsa, pо‘lat markasi oldiga ikkita nol, 0,04 0,08% gacha bо‘lganda esa bitta nol yoziladi. Masalan, 00X18H10 markali pо‘latda uglerod miqdori 0,04% dan kam. Legirlangan pо‘latni markalashda legirlovchi elementlar quyidagi harflar bilan belgilanadi: X – xrom; H – nikelь; A – azot; B – volfram; F – vanadiy; G – marganes; P – fosfor; D – mis; YU – alyuminiy; S – sirkoniy; B – 133 niobiy; E – selen. Bu belgilardan tashqari pо‘latlarning butun boshli guruhini xarakterlovchi harflar ham qabul qilingan: SH – sharikli podshipnikbop, YE – magnitlanadigan va E – elektrotexnik. Standatga kirmagan pо‘latlar EI va EP harflari va undan keyin qо‘yiladigan tartib raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, EI 154, EP 398 (bu yerda, E – zavod nomini, I – pо‘lastning tadqiqiyligini, P – pо‘latning sinaluvchan ekanligini bildiradi). Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling