Мавзу: Металлар технологияси асослари
Fazalar qoidasi haqida tushuncha
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Fazalar qoidasi haqida tushuncha 1873-1878 yillarda D. Gibbs termodinamikaning qonunlariga asoslanib, kо‘p fazali sistemalarning muvozanatini ifodalash uchun fazalar qoidasini yaratdi. Muvozanat holatidagi har qanday sistemaning fazalari, komponentlari va erkinlik darajalari soni orasidagi bog‘lanishni kо‘rsatuvchi matematik ifoda fazalar qoidasi deb ataladi. Suyuq yoki qattiq holatdagi qotishmaning uning boshqa qismlaridan chegaraviy yuzalar bilan ajratilgan, bir xil kimyoviy tarkibga yoki tuzilishga ega bо‘lgan qismi faza deyiladi. Qotishmalar tarkibidagi sof metallar, suyuq yoki qattiq eritmalar, kimyoviy birikmalar fazalardir. Muvozanat holatidagi fazalar majmui sistema (qotishma) bо‘ladi. Sistemani hosil qilgan moddalar (elementlar) komponentlar deyiladi. Sistema fazalarining soniga halal yetkazmay о‘zgartirilishi mumkin bо‘lgan tashqi va ichki faktorlar (harorat, bosim va konsentratsiya) soni sistemaning erkinlik darajalaridir. Fazalar qoidasiga kо‘ra, muvozanat sharoitidagi sistemaning erkinlik darajalari soni quyidagi formuladan aniqlanadi: C = K – F + 2 Bu yerda: C – sistemaning erkinlik darajalari soni; K – komponentlar soni; F – fazalar soni; 2 – о‘zgaruvchan tashqi faktorlar soni. Metall sistemalarni tekshirishda bosim amalda о‘zgarmaydi deb olinsa, fazalar qoidasidagi о‘zgaruvchan tashqi faktorlarni ifodalovchi son 2 о‘rniga 1 soni yoziladi. U holda fazalar qoidasining formulasi quyidagi kо‘rinishga keladi: C = K – F + 1. 128 Bu formuladan foydalanib, bir va ikki komponentli sistemalarning muvozanat holatlarini kо‘rib chiqaylik. Ma’lumki, bir komponentli sistema (sof metall) bir fazadan, ya’ni suyuq yoki qattiq fazadan iborat bо‘lsa, bu sistemada K=1; F = 1, shuning uchun C = 1 – 1 + 1 = 1 bо‘ladi. Bu shuni kо‘rsatadiki, sistemani shu sharoitda (ma’lum haroratda) qizdirish yoki sovitish mumkin, bunda uning bir fazaliligi saqlanadi. Masalan, bir komponentli sistemada ikki faza (suyuq va qattiq) bо‘lganda, fazalar qoidasi nimani kо‘rsatishini о‘rganaylik. Buning uchun sistemaning erkinlik darajalar sonini topish kerak. Ma’lumki, sistema komponentlari soni K = 1, fazalar soni F = 2; unda C = 1 -2 +1 = 0 bо‘ladi. Bu shuni kо‘rsatadiki, ayni sharoitda sistema muvozanat holatda bо‘ladi. Fazalar qoidasiga asosan ayta olamizki, bu holda bir komponentli sistemada fazalar soni ikkidan ortiq bо‘lishi mumkin emas. Endi fazalar qoidasini ikki komponentli Pb va Sb li qotishmaning suyuq eritma sohasiga tatbiq etib rо‘raylik, bu yerda K = 2, F = 1, bunday sistema uchun: C=21+1=2 bо‘ladi, bu shuni kо‘rsatadiki, sistemaning haroratini va komponent konsentratsiyasini ma’lum chegarada о‘zgartirish mumkin bо‘lib, bunda faza saqlanib qoladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling