Мавзу: Металлар технологияси асослари
Pо‘lat qizdirilganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Pо‘lat qizdirilganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar
Pо‘latni termik ishlash Fe-Fe 3 C tizimining holat diagrammasiga asoslanadi. Shuning uchun bu diagrammaning pо‘latlarga oid qismini keltirib о‘tamiz (25 - rasm). 25 - rasmda tasvirlangan diagrammadan kо‘rinib turibdiki, Ac 1 nuqtadan (727 0 S) pastda evtektoiddan oldingi pо‘latlar perlit bilan ferrit donalaridan, evtektoid pо‘lati perlit donalaridan, evtektoiddan keyingi pо‘latlar esa perlit donalari bilan sementitdan iborat. Termik ishlaganda pо‘latni qizdirishdan maqsad - unda austenit strukturasini hosil qilishdir. 136 25 - rasm. Fe-Fe 3 C holat diagrammasining pastki chap (pо‘latlarga oid) qismi. Pо‘lat qizdirila borganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar bilan tanishamiz. Evtektoiddan oldingi, masalan, tarkibida 0,4% uglerod bо‘lgan pо‘lat (26 - rasm, 1-1) qizdirilganda a (As 1 ) nuqtada perlit austenitga aylana boshlaydi, ferrit esa о‘zgarmaydi, a nuqtadan v nuqtaga tomon ferrit austenitda eriy boradi, harorat v nuqtaga yetgach (As 3 ), ferritning juda kо‘p qismi austenitda erigan bо‘ladi. v nuqtadan yuqorida esa pо‘lat faqat austenitdan iborat bо‘ladi. Ferritning hammasini austenitda eritish va austenit strukturasini bir jinsli qilish uchun pо‘latni kritik nuqtadan yuqoriroq haroratgacha qizdirish va shu haroratda ma’lum vaqt tutib turish kerak. Pо‘lat kritik nuqtadan qanchalik yuqori haroratgacha qizdirilsa, shu haroratda tutib turish vaqti shunchalik qisqa bо‘ladi. Ammo, harorat kо‘tarilaversa, austenit donalari yiriklasha boradi, pо‘lat sovitilganda hamma donalar yirikligicha qoladi. Pо‘latni termik ishlashda esa hamma vaqt pо‘lat donalarini maydalashga harakat qilinadi, chunki mayda donali pо‘latning mexanik xossalari yirik donali pо‘latnikidan ancha yaxshi bо‘ladi. Endi, evtektoiddan keyingi pо‘latlar qizdirilganda ularda bо‘ladigan о‘zgarishlarni kо‘rib chiqaylik. Misol tariqasida tarkibida 1,2 % uglerod bо‘lgan pо‘latni olamiz (26 - shakl, II-II). Bu pо‘lat qizdirilganda d (As 1 ) nuqtada perlit austenitga aylana boshlaydi, sementit esa о‘zgarmaydi. d nuqtadan s nuqtagacha sementit austenitda eriy boradi, harorat s (Asm) nuqtaga yetgach sementitning juda kо‘p miqdori austenitda erigan bо‘ladi, s nuqtadan yuqorida esa pо‘latning strukturasi faqat austenitdan iborat bо‘lib qoladi. Evtektoiddan keyingi pо‘latlarning strukturasi faqat austenitdan iborat bо‘lishi uchun ular Acm kritik nuqtadan yuqoriroq haroratgacha qizdirilishi va shu haroratda ma’lum vaqt tutib 137 turilishi lozim, ammo haroratni keragidan oshirib yuborish yaramaydi, aks xolda pо‘lat donalari yiriklashib ketadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling