Мавзу: Металлар технологияси асослари


Austenit sohasigacha qizdirilgan pо‘lat sovitilganda


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 
Austenit sohasigacha qizdirilgan pо‘lat sovitilganda 
unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar 
Austenit GS va ES chiziqlaridan, ya’ni Ac
3
va Acm kritik nuqtasidan 
yuqori haroratlardagina barqaror bо‘ladi. Pо‘lat Ar va Acm nuqtalardan past 
haroratgacha juda sekin sovitilganda evtektoiddan oldingi pо‘latlardan ferrit, 
evtektoiddan keyingi pо‘latlardan sementit ajralib chiqa boshlaydi. Bu jarayon 
harorat Ar
1
kritik nuqtaga tushguncha davom etadi. Harorat Ar
1
nuqtaga tushganda 
evtektoiddan oldingi pо‘latlarda austenitdagi ortiqcha uglerodning hammasi ferrit 
tarzida, evtektoiddan keyingi pо‘latlarda austenit tarkibidagi ortiqcha uglerodning 
hammasi sementit tarzida ajralib chiqa boshlaydi. 
Harorat Ar
1
kritik nuqtadan pasayishi bilan austenit parchalanadi, ya’ni u 
perlitga aylanadi. Austenit parchalanganda mutlaqo yangi fazalarning (ferrit bilan 
sementitning) mexanik aralashmasi hosil bо‘ladi. Ma’lumki, ferrit tarkibida 
uglerod miqdori nihoyatda kam, sementitda esa 6,67% uglerod bor. Binobarin
austenitning perlitga aylanishida uglerod diffuziya yuli bilan qayta taqsimlanadi. 
Austenitdan perlit hosil bо‘lish jarayoni perlit kristallari markazlarining 
hosil bо‘lishi va ularning usishidan iborat. Dastavval austenit donalari chegarasida 
sementitning kristallanish markazlari hosil bо‘ladi. Bu kristallanish markazlari 
austenitdan uglerodning diffuziyalanishi hisobiga о‘sadi. Natijada, hosil bо‘lgan 
sementit kristallari (plastinkalari) atrofidagi austenit tarkibida uglerod kamaya 
boradi va austenitning ferritga aylanishi uchun sharoit tо‘g‘iladi, natijada sementit 
kristallari yonida ferrit kristallari hosil bо‘ladi. Sementit kristallari ham, ferrit 
kristallari ham bir vaqtda о‘sa boradi. О‘sish jarayoni boshqa kristallar bilan 
tо‘qnashguncha davom etadi. Bunday jarayon takrorlanishi natijasida perlit 
donalari hosil bо‘ladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling