Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

 Kirish 
О‘zbekiston respublikasi mustaqilligini mustaxkamlashda va iqtisodiy 
bazasini yanada rivojlantirishda xar qanday qurilish obyektining asosi bо‘lgan
qurilish materiallaridan zamonaviy texnologiyalar asosida samarali foydalanish 
muxim ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimizda sanoat, jamoat, uy-joy, qishloq 
va suv xо‘jaligi qurilishining kun sayin о‘sib borishi qurilish materiallariga 
bо‘lgan extiyojni yanada oshirmoqda. Ushbu vazifani ijobiy xal etish uchun 
birinchi navbatda samarali qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish 
zarur. 
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda ikkilamchi xom ashyolar, boshqa 
tarmoqlarning chiqindilaridan keng foydalanish, qurilish materiallarining turlarini 
kо‘paytirish, sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridir. Qurilish 
materiallari sanoatining rivojlanishida inson omilining ham muxim о‘rni bor, shu 
sababli bilimli, ishbilarmon va qobiliyatli kadrlarga bо‘lgan extiyoj ham oshib 
bormoqda. Qurilish va inshootlardan foydalanish soxalari bо‘yicha mutaxasisslar, 
jumladan «Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish» 
yо‘nalishi bо‘yicha tayanch oliy ma’lumotiga ega bо‘lgan bakalavrlar qurilish 
materiallari va metallar texnologiyasi sohasi bо‘yicha zarur bilimlarni egallashlari 
hamda qurilish materiallari sanoatining yangiliklaridan xabardor bо‘lishlari lozim. 
«Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi» kursi «Gidrotexnika 
inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish» ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha 
о‘qitiladigan umumkasbiy о‘quv fanlaridan biri hisoblanib, u shartli ravishda
2 qismga bо‘linib о‘rganiladi: 
1. Qurilish materiallari; 
2. Metallar texnologiyasi. 
Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishning о‘ziga xos 
tomonlari, ularning muxim qurilish xossalari va ishlatilish soxalari, 
metallshunoslik asoslari, qora metallar ishlab chiqarish texnologiyalari, metall
qotishmalarga ishlov berish, payvandlash va kesib ishlash usullari x amda
quymakorlik asoslariga doir masalalarni о‘rganish fanning asosiy maqsadi
xisoblanadi.

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling