Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Qurilish materiallarining turlari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

1.2. Qurilish materiallarining turlari 
Bino va inshootlarning vazifasi hamda ulardan foydalanish sharoitlaridagi 
farqlar tufayli qurilish materiallariga qо‘yiladigan talablar va qurilish 
materiallarining turlari juda turli-tumandir. 
Qurilish materiallari kelib chiqishiga qarab tabiiy va sun’iy bо‘ladi. 
Qurilish materiallarini о‘rganishni osonlashtirish uchun ularni ishlab 
chiqarish texnologiyasi va xom ashyo turiga kо‘ra quyidagi guruqlarga ajratish 
qabul qilingan: 
-tabiiy tosh materiallar; 
-keramik materiallar; 
-bog‘lovchi moddalar; 
-metallar; 
-yog‘och materiallar; 
-polimer materialalr; 
-betonlar va temirbetonlar; 
-kuydirilmasdan olinadigan sun’iy tosh materiallar; 
-pardozlash materiallari; 
-suv о‘tkazmaydigan materiallar 
-issiq-sovuqni о‘tkazmaydigan materiallar. 
Ma’lumki, ba’zi hollarda nisbatan arzon qurilish materiallarining transport 
xarajatlari ularning tannarxidan ham oshib ketishi mumkin. qurilish xarajatlarini 
kamaytirish uchun iloji boricha qurilish obyektiga yaqin joyda qazib olinadigan 
yoki ishlab chiqariladigan maqalliy materiallardan foydalanish lozim. Qum, 
shag‘al, chaqiqtosh, oxak, tabiiy toshlar, g‘ishtlar shunday maxalliy materiallar 
turiga kiradi. 
1.3. Qurilish materiallarining asosiy xossalari 
Qurilish materialalrining asosiy xossalarini 3 guruhga bо‘lish mumkin: 
1. Fizik xossalari (haqiqiy va о‘rtacha zichligi hamda g‘ovakligi) 
2. Mexanik xossalari (mustahkamligi, qattiqligi, ishqala-nish ta’siridagi 
yemirilishga qarshiligi, elastikligi, plastikligi va mо‘rtligi) 
3. Suv va sovuq ta’siri bilan bog‘liq xossalari (namlik, suv shimuvchanlik, 
gigroskopiklik, suv о‘tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik). 
1.3.1. Qurilish materiallarining fizikaviy holat kо‘rsatkichlari 
Qurilish materiali tarkibidagi qattiq moddalar kristall, amorf yoki 
shishasimon tuzilishga ega bо‘lishi mumkin. 



Kristall tuzilishli materiallarning xossalari turli yо‘nalishlarda har xil 
(anizotrop), amorf tuzilishli materiallarniki esa bir xil (izotrop) bо‘ladi. 
Shishasimon tuzilishli materiallarning xossalari oraliq holat bilan tavsiflanadi. 
Qurilish materiali fizikaviy holatining muxim kо‘rsatkichi bu uning 
zichligidir. Zichlik deganda birlik xajmdagi massa tushuniladi. G‘ovak va 
sochiluvchan qurilish materiallarinining sifatini baxolashda Haqiqiy va о‘rtacha 
zichlik tushunchalaridan foydalaniladi. Haqiqiy zichlik quyidagi formula bо‘yicha 
aniqlanadi. 
V
m/


, (1.1) 
bu yerda m – quruq holatdagi materialning massasi, V – material (modda) 
ning mutlaq zich holatdagi hajmi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling