Legirlangan asbobsozlik pо‘latlari
Bu pо‘latlardagi eng muhim legirlovchi elementlar volfram, molibden,
xrom, marganets va kremniydir. Ularda uglerod miqdori 0,35...1,80 % ga yetadi.
Shtamplar va press-koliplar uchun ishlatiladigan pо‘latlarda uglerod miqdori
kamrok, kesuvchi asboblar uchun ishlatiladigan pо‘latlarda kо‘proq bо‘ladi.
X12M va X markali pо‘latlar qizimaydigan shtamplar tayerlash uchun,
4XNV2 pо‘lati qiziydigan shtamplar tayerlash uchun ishlatiladi. Kesuvchi asboblar
XVG, XV5, 9XS, 4XS va boshqa markali pо‘latlardan, ulchash asboblari esa XG,
X12, X12M markali pо‘latlardan yasaladi.
Parma, freza, keskich kabi kesuvchi asboblar uchun tezkesar pо‘latlar
ishlatiladi. Bu pо‘latlar kо‘p legirlangan, juda qattiq pо‘latlardir, ulardan yasalgan
asboblar 600
0
S gacha qiziganda ham о‘z qattiqligini yo’qotmaydi.
Tezkesar pо‘latlarning R9, R12, R18, R6M3, R14F4, R9K5, R6M5 kabi
markalari keng qо‘lamda ishlatiladi. Markadagi P harfi pо‘latning eski nomi
“Rapid” sо‘zining bosh xarfi bо‘lib, keyingi raqam volframning foiz bilan
ifodalangan о‘rtacha miqdorini kо‘rsatadi.
Kо‘p ishlatiladigan R18 va R6M5 markali tezkesar pо‘latlarning kimyoviy
tarkibi quyida keltirilgan:
Pо‘lat markasi
S
Cr
W
V
Mo
R18
0,7…0,8
3,8…4,4
17…18,5
1,0…1,4
1,0 gacha
P6M5
0,8…0,88 3,8…4,4
5,5…6,5
1,7…2,1
5,0…5,5
Bu pо‘latlardan parmalar, frezalar, protyajkalar, metalni о‘yib tushiruvchi
asboblar (dolbyaklar), arralar, egovlar kabi asboblar tayyorlanadi. Kesish
asbobining issiqbardoshligini oshirish uchun u 1210...1230
0
S haroratda toblanib,
kо‘p marta (3 marta ) 560
0
S da bо‘shatiladi.
Maxsus xossali legirlangan pо‘latlar
Maxsus xossali pо‘latlar jumlasiga korroziyabardosh (zanglamas),
olovbardosh (kuyundibardosh) va issiqbardosh pо‘latlar kiradi.
Korroziyabardosh pо‘latlar xromli va xrom-nikelli bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |