129
Umumiy ma’lumotlar
Uglerodli pо‘latlar spetsifik xossalariga kо‘ra
mashina va mexanizm
detallari uchun asosiy material hisoblanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan pо‘latlar
kimyoviy tarkibi jihatidan
birmuncha murakkab qotishma bо‘lib, ularda temir
bilan ugleroddan tashqari
boshqa
elementlar ham,
jumladan, Mn, Si, P, S, O, N, H, ba’zida
qisman Cr, Ni,
Cu va boshqalar bо‘ladi. Uglerodli pо‘latlarda doim mavjud bо‘ladigan elementlar
miqdori ma’lum foizdan, masalan, Mn0,7%, Si 0,5%, P o,o5%, S0,05% dan
oshmasligi kerak.
Pо‘latlar tarkibidagi H
2
, N
2
va O
2
miqdori ishlab chiqarish usuliga qarab
turlicha bо‘ladi, lekin ularning miqdori 0,0002 – 0,1% dan oshmasligi lozim.
Pо‘latdagi erkin gazlar bо‘shliqlar, temir va boshqa elementlarda eriganlari esa
qattiq eritmalar yoki turli kimyoviy birikmalar (gidridlar, nitridlar, oksidlar) hosil
qilishi mumkin. Shuning uchun ular pо‘latning xossasini yomonlashtiradi. Pо‘latda
bu gazlarning miqdori oz bо‘lgani maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: