Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

3) 
Kimyoviy 
birikmalar. 
Birlamchi 
kristallanish 
jarayonida 
komponentlarning о‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvi natijasida hosil bо‘lgan 
birikmalar kimyoviy birikmalar deyiladi. Bunday qotishma komponentlarining 
atomlari shunday kristall panjara hosil qiladiki, bu kristall panjara ayrim 
komponentlarning kristall panjaralaridan boshqacha bо‘ladi. Kimyoviy birikmalar 
bir jinsli qotishmalar jumlasiga kiradi.
Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida kristall panjara bilan bog‘liq 
bо‘lgan maxsus xususiyatlar vujudga keladi. Ularni qattiq eritmadan keskin ajratib 
turadigan xususiyatlar quyidagilardir: 
1. Kimyoviy birikma о‘ziga xos kristall panjara turini hosil qilish 
xususiyatiga ega. Hosil bо‘lgan yangi kristall panjara komponentlarning kristall 
panjaralaridan tubdan farq qiladi. Kimyoviy birikmalarda komponentlarning 
atomlari tartibli joylashgan bо‘lib, ma’lum joylashish qonuniyatlariga ega. 
Kо‘pchilik kimyoviy birikmalarning elementar kristall panjaralarining turlari 
murakkab bо‘ladi.
2. Birikmada elementlar massasining nisbati doimo saqlanadi. Shuning 
uchun kimyoviy birikmalar sodda qilib A
m
B
n
ifoda bilan belgilanadi. Bu yerda m 
va n butun sonlar bо‘lib, elementlarning atom nisbatlarini ifodalaydi.
3. Kimyoviy birikmalarning xossalari shu birikmani tashkil qiluvchi 
elementlar xossalaridan keskin farq qiladi.
4. Suyuqlanish harorati о‘zgarmas bо‘lib, kimyoviy birikma suyuqlanish 
haroratigacha suyuqlanib qolishi ham, suyuqlanish haroratiga yetmasdan 
parchalanib ketishi ham mumkin.
Agar kimyoviy birikma suyuq fazodan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kristallansa yoki 
qizdirilganda suyuqlanish haroratigacha saqlanib qolsa, bunday birikma barqaror 
kimyoviy birikma deb ataladi. Agar kimyoviy birikma qattiq fazalarning 
muvozanati о‘zgarishi natijasida vujudga kelsa, yoki qizdirish natijasida qattiq 
holda qiffuzion parchalanib ketsa, bunday kimyoviy birikmalar beqaror kimyoviy 
birikmalar deb ataladi.
5. Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida harorat о‘z-о‘zidan 
о‘zgarishi mumkin.
Kimyoviy birikmalarning hosil bо‘lishida atom elektron tuzilishlari bir-
biridan keskin farq qiladigan komponentlar qatnashadi. Kimyoviy birikma hosil 
qiluvchi qotishmalar bir jinsli bо‘lib, MgSn, MG
2
Pb, Mg
3
Bi
2
, MgSi, MgS, Fe
3
C, 
NbCl, CaCl
2, 
CuZn, CuZn
3
, kabi birkmalar shular jumlasiga kiradi.

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling