Savol va topshiriqlar:
1.
Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlarni ayting va
izohlab bering.
2.
Metallurgiyaviy yoqilg‘i nima? Unga misollar keltiring.
3.
О‘tga chidamli materiallar haqida tushuncha bering.
4.
CHо‘yan nima? CHо‘yan ishlab chiqarish haqida ma’lumot bering.
5.
Domna pechining tuzilishini aytib bering.
6.
Pо‘lat va uni ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumot bering.
7.
Marten, konvertor va elektr pechlari, ularning о‘zaro farqi haqida
gapirib bering.
13-MAVZU: QOTISHMALAR
Reja:
1.
Qotishmalar va ularning tuzilishi.
2.
Qotishmalarning holat diagrammalari.
3.
Temir-sementit holat diagrammasi.
4.
Temir-uglerod
qotishmalarida
uchraydigan
fazalar
va
strupturalar.
5.
Fazalar qoidasi haqida tushuncha.
Tayanch iboralar: qotishma, faza, mexanikaviy aralashma, qattiq eritma,
kimyoviy birikma, holat diagrammasi, fazalar qoidasi, faza, struktura, ferrit,
sementit, austenit, perlit, ledeburid,
Qotishmalar va ularning turlari
Metall qotishma deganda bir element asosida bir necha elementlarning
о‘zaro aralashmasidan hosil bо‘lgan jism tushuniladi. Shu jismni tashkil qiluvchi
kimyoviy elementlarga uning tashkil qiluvchilari (komponentlari) deb ataladi.
Qotishma bir jinsli (bir fazali) yoki kо‘p jinsli (kо‘p fazali) bо‘lishi mumkin.
Faza deb, jismining bir jinsli qismiga aytilib, u о‘z chegarasiga ega,
qachonki yuza chegarasidan о‘tilganda xossalari keskin о‘zgaradi. Murakkab
jismdagi fazalar yig‘indisi material tuzilishini (strukturasini) hosil qiladi.
Qotishmalar ikki, uch va tо‘rt komponentli bо‘lishi mumkin. Qotishmaning
xossalari uni tashkil etuvchi komponentlarning xossalaridan farq qiladi. Qotishma
tarkibidagi elementlarning atomlari diametrlari farqiga, kristall panjaralarning
xiliga va ularning suyuqlanish haroratiga, umuman elementlar atomlarining о‘zaro
munosabatiga qarab quyidagi turdagi qotishmalar uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |